BBC navigation

Gulnora Karimova: ambitsiyali har bir odam kallasini ishlatsa davlat rahbari bo‘la oladi

Сўнгги янгиланиш 21 декабр 2012 - 12:25 GMT

20 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova "Fond Forum"ning yillik hisobotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlar va yig‘ilganlarning savollariga javob bergan.

Fond Forumning matbuot yig‘ilishi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yillik matbuot anjumani bilan bir kunga to‘g‘ri kelgan.

Fond Forum tashkil qilgan yig‘ilishda respublika va xorij jurnalistlari, shuningdek, turli soha vakillari qatnashishgan.

Gulnora Karimovaga berilgan savollar ichida RIA NOVOSTI muxbirining "O‘zingizni potentsial davlat rahbari sifatida ko‘ra olasizmi" degan savoliga Karimova xonim o‘zini ambitsiyalik odam deb bilishini, risoladagi davlat rahbari sifatida har bir ambitsiyali shaxs kallasini ishlab intilsa erishishi mumkin", deb javob qaytaradi.

Bunga u otasi Islom Karimovni misol tariqasida keltiradi. "U kambag‘al va ko‘p bolali oiladan bo‘lgan. Va o‘z faoliyati davomida jiddiy yutuqlarga erishib, nafaqat prezident bo‘lgan, SSSR davrida 25 yil Gosplanda ishlagan", deydi.

"Men ba‘zida o‘zim uchun eng asosiysi, yuqoridagisi nima? degan savolga javob berishim qiyin, biroq men o‘zimni rivojlanayotgan inson sifatida aniq chegara qo‘yilmagan kishi deb bilaman", deb aytadi Gulnora Karimova.

Savollar orasida undan Fond Forumdagi faoliyati, xayriya tadbirlari, Tvitterdagi ishtiroki haqida so‘rashgan. O‘zi haqidagi matbuot va internetdagi tanqidlarga nisbatan Karimova xonim "Mevali daraxtga tosh otiladi", deb javob bergan.

Gulnora Karimova o‘z javoblarida o‘zbek maqollaridan tortib Konfutsiy xikmatlarigacha misollar keltirgani aytiladi.

Gulnora Karimovaning siyosiy karerasi 1995 yilda boshlanib, prezidentning 23 yoshli qizi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi qilib tayinlangan edi.

2003-2005 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida, shuningdek BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘ladi. 2010-2012 yillarda Ispaniyada mamlakat nomidan elchi bo‘lib ishlaydi.

Gulnora Karimova faoliyatining keyingi yillarda kuchayganligi, respublikadagi ko‘pgina yirik sohalarga uning bevosita aloqadorligi otasi Islom Karimov o‘zidan keyin mo‘ljallaydigan voris sifatida fikr uyg‘onishiga sabab bo‘lgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.