BBC navigation

O'zbek musiqasi jonkuyarlaridan Abdurahim Hamidov vafot etgan

Сўнгги янгиланиш 7 январ 2013 - 18:15 GMT

Abdurahim Hamidov dutor ijrochilaridan dunyoda eng sarasi edi.

Taniqli O'zbek musiqashunos olimi, mahoratli sozanda Abdurahim Hamidov 61 yoshida olamdan o'tgan.

Ko'pchilik Abdurahim Hamidovni O'zbek milliy musiqasini o'rganish va o'rgatishda, O'zbek milliy musiqasini dunyoga tanitishda katta hissa qo'shgan olim sifatida biladi.

Abdurahim Hamidov Toshkent konservatoriyasida ko'p yillar ustozlik qilgan, "Milliy musiqa" kafedrasini boshqargan.

Musiqa oliygohida u ko'plab shogirdlarni etishtirgan, yoshlarga O'zbek milliy musiqa asboblari, musiqa asboblarining tarixi, O'zbek mumtoz musiqasidan saboq bergan.

Abdurahim Hamidov mahoratli dutor sozandasi sifatida ham tanilgan.

Абдураҳим Ҳамидовнинг дутор ижроси

Абдураҳим Ҳамидов дуторда чалган куй

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

"Abdurahim Hamidovning o'limi O'zbek musiqa olami uchun katta fojea. Abdurahim Hamidov dutor ijrochilaridan dunyoda eng sarasi edi. Dutor uning umbrbod hamrohi edi", deydi Kembridj Universiteti doktori Roziya Sultonova.

Abdurahim Hamidov 1952 yilda Toshkentda tug'ilgan.

U mashhur sozanda Faxriddin Sodiqovdan saboq olgan.

Umrining so'nggi yillarini ustoz AQShda o'tkazgan bo'lsa-da, O'zbek musiqasidan, o'z dutoridan ajralgani yo'q.

Abdurahim Hamidovning so'nggi suhbatlaridan birini AQShda nashr etiladigan "Vatandosh" ro'znomasi uyushtirgan.

Bu suhbatda Abdurahim Hamidov O'zbek musiqasi tarixi qadim tarixga ega ekanini aytadi, biz o'zimizning musiqamiz dunyo tamadduniga katta hissa qo'shgani bilan faxrlanishimizga haqlimiz, deydi.

"Dunyo tsivilizatsiyasiga O'zbek musiqasining, O'zbek musiqashunosligi, O'zbek musiqa ilmi va O'zbek san'atining ta'siri juda katta", deb aytgan "Vatandosh" ro'znomasi tashkil qilgan davrada gapirgan Abdurahim Hamidov.

Абдураҳим Ҳамидов Ўзбек мусиқаси тарихи ҳақида

Абдураҳим Ҳамидов Ўзбек мусиқаси тарихи ҳақида

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Aziz O'quvchi!

BBC O'zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o'rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo'llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo'ylab o'quvchilarimiz bilan o'z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko'ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.