BBC navigation

Jazoirda garovgirlar o‘rab olindi

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 11:24 GMT

Jangarilar Al-Qoida qo‘mondoni Muxtor Bilmuxtorning buyrug‘i binoan harakat qilishayotgani aytiladi

Jazoir qo‘shinlari mamlakat sharqidagi xorijliklar garovda saqlanayotgan gaz inshootini o‘rab olishgan.

Islomiy jangarilar chorshanba kuni avtobusga hujum qilib, bir britaniyalik va yana bir jazoirlikni o‘ldirishgan, keyin "In Amenas"dagi majmuani ishg‘ol qilishgandi.

Jazoir hukumatiga ko‘ra, 20ga yaqin xorijlik hozir garovda ushlab turilibdi. Garovgirlar o‘zlari esa, qo‘llarida 41 kishi borligini aytishgan.

Garovda qolayotganlar orasida Britaniya, Yaponiya, Frantsiya va Norvegiya fuqarolari borligi tasdiqlandi.

Jazoir rasmiy axborot agentligining xabar qilishicha, hozir 30 nafar jazoirlik ishchi garovgirlar o‘rnashgan binodan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Agentlik ularning qanday qochib chiqqanlariga oid tafsilotlarni bermagan.

Vaziyat yaqindan kuzatilmoqda

Vashingtondagi brifingda Davlat Departamenti voizi Viktoriya Nuland qo‘lga olingan xorijliklar safida amerikaliklar ham borligini aytdi.

"Biz Jazoirdagi "British Petroleum" shirkati xodimlari hamda "In Amenas" inshootlariga qarshi terror hujumini qattiq qoralaymiz. Shak-shubhasiz, biz vaziyatni yaqindan kuzatmoqdamiz", deydi Viktoriya Nuland.

Garovgirlar tomonidan deya tushunilgan bayonotda Frantsiyaning qo‘shni Malidagi Islomiy isyonkorlarga qarshi aralashuviga nuqta qo‘yish talab qilinadi.

Parijda bergan matbuot anjumanida Prezident Fransua Olland ko‘proq tafsilotlarni yig‘ishga urinilayotganini bildirgan, shu bilan birga, hujum Frantsiyaning Malidagi Islomiy isyonkorlarga qarshi harbiy amaliyotlariga bog‘liq ekanini tasdiqlagan.

"Men zaruriy barcha choralarni ko‘rayotgan va ko‘radilagn Jazoir ma‘muriyati bilan muntazam aloqadaman. Biz, shuningdek, hodisaga aloqador davlatlar boshliqlari va hukumatlar bilan ham bog‘lanib turibmiz", deb aytgan Olland janoblari.

Jazoir Ichki ishlar vaziri Dahu Valad Qobiliyaning aytishicha, jangarilar garovdagilar bilan birga mamlakatdan chiqib ketish niyatida bo‘lishgan, biroq u bu talabni rad etgan.

"Biz ushbu guruh bilan barcha muzokaralarni rad etamiz", degan muxbirlarga gapirgan Ichki ishlar vaziri.

Janob Qobiliyaning qo‘shimcha qilishicha, garovgirlar barchasi jazoirlik va Islomiy Marg‘ibdagi Al-Qoida qo‘mondoni Muxtor Bilmuxtorning buyrug‘i binoan harakat qilishmoqda.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.