BBC navigation

Dongdor Gvardiola nega "Bavariya"ni tanladi?

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 16:56 GMT

Dunyoning eng nomdor murabbiylaridan biri bo‘lgan ispaniyalik Xosep Gvardiola joriy futbol mavsumi ortidan Olmoniyaning "Bavariya" (Bayern Munich) jamoasiga bosh murabbiylik qilishni boshlaydi.

Bu haqda olmon klubi ma‘lum qilgan. Ayon bo‘lishicha, 41 yoshli "Pep" Gvardiola "Bavariya" bilan uch yilga shartnoma imzolagan.

Klubning amaldagi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes esa, iste‘foga chiqishi aytilmoqda.

O‘tgan yil aprel oyida Ispaniyaning dongdor "Barselona" klubi bosh murabbiyligidan iste‘fo berishi ortidan, Gvardiolaga Angliyaning qator klublari, jumladan, "Manchester Yunayted", boyvachcha "Manchester Siti" jamoalari va ayniqsa, rossiyalik milliarder Roman Abramovichning "Chelsi"si ham ko‘z tikkandi.

O‘zbekistonlik taniqli murabbiy va O‘zbek futboli yulduzi Birodar aka Abduraimov BBC O‘zbek Xizmati bilan suhbatida Xosep Gvardiolaning qarori o‘zi uchun ham, mamlakat futbol ahli uchun ham kutilmagan bo‘lganini aytadi.

Ammo, Birodar Abduraimovga ko‘ra, ispaniyalik dongdor hamkasbi Olmoniyaning "Bavariya"sini tanlab, to‘g‘ri qaror qilgan:

Донгдор Гвардиола нега 'Бавария'ни танлади?

Ўзбекистонлик таниқли мураббий ва Ўзбек футболи юлдузи Биродар ака Абдураимов Би-би-си Ўзбек Хизмати билан суҳбатида Хосеп Гвардиоланинг қарори ўзи учун ҳам, мамлакат футбол аҳли учун ҳам кутилмаган бўлганини айтди.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.