BBC navigation

Mardikorlar huquqi himoyachisi bosimlardan shikoyat qilmoqda

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 15:42 GMT

"Mardikorlar kasaba uyushmasi" o‘z asosiy vazifasi mardikorlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi bilan shug‘ullanish ekani aytadi.

"Mardikorlar kasaba uyushmasi" tashkiloti Nuraddin Jumaniyozov o‘ziga nisbatan rasmiy bosimlar bo‘layotgani haqida ma‘lum qilgan.

Nuraddin Jumaniyozovning aytishicha, u Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirilgan va bu uning Ichki Ishlar Vaziri nomiga yozilgan shikoyati bilan bog‘liq ekani aytilgan.

Nuriddin Jumaniyozov o‘z shikoyatida mardikorlar ushlagan payti majburiy ravishda ularning barmoq izlari olinayotgani haqida yozgan.

"Soat 9da keling", dedi. Men soat 9da bordim. Bir soat kutdim, keyin 4 kishi zo‘rg‘a jam bo‘lishdi bir xonaga... Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tmagani, ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotga o‘zimni rahbar deb shikoyat arizasi yozilishim qonunga zid ekani, jinoyat ekanini aytishdi", deydi Nuraddin Jumaniyozov.

Huquq faoliga ko‘ra, u "tashkilotni rasmiy ro‘xatdan o‘tkazish harakatlari borayotgani, tez orada hujjatlar Adliya vazirligiga topshirilishi"ni bildirgan.

Shunga qaramay, Nuraddin JumaniyozovningBBCga aytishicha, u Ichki ishlar boshqarmasida 3 soat davomida so‘roqqa tutilgan.

Ayni paytda huquq faoli qonunlarni va sohani yaxshi bilmay turib, tashkilotga boshchilik qilayotganlikda ayblangan. Shuningdek, uni Jinoyat Kondeksining 60ta moddasi asosida javobgarlikka tortish mumkinligi aytilgan.

Nuraddin Jumaniyozov bu o‘zi va "Mardikorlarning kasaba uyushma"si a‘zolariga nisbatan ilk bosimlar emasligini aytadi.

O‘tgan yilning sentyabrida Toshkent sudi Faxriddin Tillayev, Nuriddin Jumaniyozov hamda Abdulla Tojiboy o‘g‘lini noqonuniy faoliyatda ayblagan va har birlarini yuz minimal ish haqi miqdorida jarimaga tortgan edi.

"Qo‘yliq bozorida mana shu tashkilotimizga a‘zolar yig‘ayotgan paytimiz militsiya xodimlari bizni ushlab olib ketishgan. "Hujjatlaring bormi, bu ishni qilishga haq-huquqlaring bormi", deb mojaro qilgan. Biz konstitutsiyaning 34-bandiga binoan kasaba uyushma tuzish, bunday tashkilotga a‘zo bo‘lishga haqqimiz borligini aytdik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining deklaratsiyasi, inson huquqlarining himoyasi bo‘yicha mana shu kasaba uyushmani, jamiyatni tuzishga haqli ekanimizni ta‘kidladik. Ammo, ular tashkilotga a‘zo yig‘ish harakatlarimizni ma‘muriy jinoyat, deb topishdi va 7.250.500 so‘m miqdorida jarimaga tortishdi", deydi huquq faoli.

Ko‘p o‘tmay esa, faollardan biri Faxriddin Tillayev Surxandaryoda qo‘lga olinib, 15 kunga qamoqqa ham tashlangandi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.