BBC navigation

Jazoir: garovgirlar qo‘lidan yuzlab kishilar ozod etildi

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 16:44 GMT

Jazoir davlat matbuotining xabar berishicha, Amenadagi gaz inshootida islomiy jangarilar tomonidan ushlab turilgan 573 jazirlik va 132 xorij fuqarosidan 100dan ortig‘i ozod etildi.

Lekin 30 ga yaqin xorij fuqarosining taqdiri hanuz naoma‘lum ekanligi aytilmoqda.

Jangarilar hanuz majmua ichiga qamalib olganlari va ular ushlab turgan garovdagilar orasida 10 ga yaqin britaniyalik borligi aytilgan.

Jazoir rasmiy doiralaridagi manbaga ko‘ra, maxsus kuchlar "mojaroga tinch yechim topishga" harakat qilmoqdalar.

Portlash ehtimolining oldini olish maqsadida majmua faoliyati to‘xtatilgan.

Kecha, payshanba kuni Jazoir sharqidagi gaz majmuasining xodimlari yashovchi qismiga maxsus kuchlaring hujumi oqibatida kamida 4 nafar garovga olingan shaxs va qator jangarilar o‘ldirilgani xabar berilgandi.

Jangarilar 41 kishini garovda ushlab turganliklarini da‘vo qilgandilar.

Amaliyotdan so‘ng garovda qolganlarining taqdiri noma‘lum edi.

Davlat nazorati ostida bo‘lgan matbuotning xabar qilishicha, payshanba kungi amaliyotda halok bo‘lganlardan ikkisi britaniyalik va yana ikkisi fillipinlik edi.

Chorshanba kuni gaz majmuasi xodimlarini mahalliy qo‘nalg‘aga olib ketayotgan avtobusga hujum qilib, garovga olish jarayonida esa yana bir britaniyalik va bir jazoirlik halok bo‘lgandi.

Jangari guruh vakilining matbuotga aytishicha, payshanba kungi amaliyot natijasida 35 nafar garovga olingan shaxs va 15 jangari o‘ldirilgan.

Amendagi gaz majmuasi Jazoir davlat neft shirkati va Britaniyaning VR shuningdek, Norvegiyaning Statoil shirkatlari bilan birgalikda boshqariladi.

Juma kuni ertalab Britaniya va Norvegiya Tashqi Ishlar vazirliklari hodisa tugamagani va vaziyat tangligicha qolayotgani haqida ma‘lum qilgandilar.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.