BBC navigation

Jazoirdagi yirik garovgirlik hodisasi davom etmoqda

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 11:36 GMT

Payshanba kuni Jazoir sharqidagi gaz majmuasining xodimlari yashovchi qismiga maxsus kuchlaring hujumi oqibatida kamida 4 nafar garovga olingan shaxs va qator jangarilar o‘ldirilgani xabar berilgan.

Jangarilar 41 kishini garovda ushlab turganliklarini da‘vo qilgandilar.

Hozirda garovga olinganlardan qolganlarining taqdiri noma‘lum qolmoqda.

Jazoir rasmiylari halok bo‘lganlarning soni va millati haqida aniq ma‘lumot bermaganlar.

Davlat nazorati ostida bo‘lgan matbuotning xabar qilishicha, halok bo‘lganlardan ikkisi britaniyalik va yana ikkisi fillipinlikdir.

Chorshanba kuni gaz majmuasi xodimlarini mahalliy qo‘nalg‘aga olib ketayotgan avtobusga hujum qilib, garovga olish jarayonida esa yana bir britaniyalik va bir jazoirlik halok bo‘lgandi.

Jangari guruh vakilining matbuotga aytishicha, payshanba kungi amaliyot natijasida 35 nafar garovga olingan shaxs va 15 jangari o‘ldirilgan.

Amendagi gaz majmuasi Jazoir davlat neft shirkati va Britaniyaning VR shuningdek, Norvegiyaning Statoil shirkatlari bilan birgalikda boshqariladi.

Juma kuni ertalab Britaniya va Norvegiya Tashqi Ishlar vazirliklari hodisa tugamagani va vaziyat tangligicha qolayotgani haqida ma‘lum qildilar.

Britan rasmiylarining aytishlaricha, Amendagi majmuaning bir qismini Jazoir harbiylari o‘z nazoratlari ostiga olganlar, boshqa qismi esa jangarilar qo‘lida qolmoqda.

Mahalliy matbuot esa rasmiylar so‘zlariga tayanib, majmuaning turar joy qismiga uyushtirilgan amaliyot o‘z nihoyasiga yetganligini xabar berganlar.

Lekin majmuada hanuz garovda ushlab turilganlar borligi va u hanuz maxsus kuchlar tomonidan o‘rab olingani ham ilova qilingan.

Britan rasmiylari Amenada ishlagan kamida 20 nafar britaniyalikning taqdirini bilishga harakat qilayotganliklari va eng yomon xabarga tayyor turganliklarini aytishgan.

Britaniya hukumati "Kobra" nomi ostida o‘zining shoshilinch majlisini o‘tkazmoqda.

Yaponiya hukumati ham Amenadagi kamida 14 fuqarosining taqdiri noma‘lum ekanligi, 3 kishi garovgirlar qo‘lidan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lganini ma‘lum qilgan.

Yaponiya rasmiylari Jazoir maxsus kuchlari amaliyotidan afsusda ekanligi va norozilik bildirish maqsadida Jazoir elchisi Tashqi Ishlar Vazirligiga chaqirilganligini aytdilar.

Norvegiya Bosh Vazirining aytishicha esa, Jazoir rasmiylari majmuaga bostirib kririshdan boshqa ilojlari bo‘lmaganligini bildirishgan.

8 nafar Norvegiya fuqarosininng ham taqdiri hozircha noma‘lum. 1 norvegiyalik jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, 4 tasi majmuadan qochib chiqqan.

Amenadagi qator Fransa, Irlandiya va AQSh fuqarolari omon qolganlar.

Muxtor Belmuxtor kim?

Amenadagi garovga olish hodisasi ortida Muxtor Belmuxtor, yaqin-yaqinlargacha "Islomiy Mag‘ribdagi Al-Qoida" guruhi rahbarlaridan biri bo‘lgan shaxs turganligi aytilgan.

Guruh chiqargan bayonotda aytilishicha, garovga olish Fransaning Malidagi amliyotlariga javoban amalga oshirilgandir.

Lekin BBCning xavfsizlik masalalari bo‘yicha tahlilchisiga ko‘ra, bu kabi keng miqyosli amaliyotni o‘tgan hafta Fransa harbiylarining Malidagi amaliyotlari boshlangan vaqtdan beri o‘tgan qisqa fursat ichida rejalab, amalga oshirish amri mahol vazifa.

Muxtor Belmuxtor 1980-yillarda Afg‘onistonda Sho‘ro kuchlariga qarshi mujohidlar saflarida kurashgan.

O‘tgan yili u ichki kelishmovchiliklardan so‘ng "Islomiy Mag‘ribdagi Al-Qoida" guruhini tashlab chiqib, o‘z guruhini tashkil qilgan.

Fransa josuslik xizmati unga "tutqich bermas", deya laqab qo‘ygan. Mahalliy aholi esa uning tamaki mahsulotlarining noqonunuiy savdosi bilan shug‘ullangani uchun "Mister Marlboro", deya ataydi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

Yana ushbu mavzuga oid

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.