BBC navigation

"Bolshoy Teatr" ijodiy direktori yuziga kislota sepildi

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 13:50 GMT

Moskvadagi "Bolshoy Teatr" ijodiy direktori Sergey Filin niqob kiygan shasxlar tomonidan kislota hujumiga uchradi.

Janob Filin jiddiy jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan.

Hodisa payshanba kuni kechqurun Sergey Filin Moskva markazida piyoda ketayotgan vaqti ro‘y bergan.

Shifokorlar uning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun harakat qilishayotgani aytilmoqda.

"Interfaks" xabar agentligiga ko‘ra, janob Filin yaqin orada xorijdagi shifoxonalaradan biriga olib ketiladi.

"Bolshoy Teatr" matbuot kotibining aytishicha, 42 yoshli Sergey Filinga oxirgi bir necha oy mobaynida ko‘plab tahdilar qilinmoqda edi.

BBCning Moskvadagi muxbiriga ko‘ra, ushbu amal "Bolshoy Teatr" ichidagi turli guruhlar o‘rtasidagi turtishuvlar oqibati bo‘lishi mumkin.

Teatr tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, hujumchilar o‘z uyiga yaqinlashgan Sergey Filinni baqirib chaqirishgan va u ularga yuz o‘girgan vaqti kislotani sepishgan.

Shundan so‘ng shu yaqin orada qo‘yilgan mashinalarni qo‘riqlab turgan shaxs unga yordamga yetib kelgan.

Teatr boshqaruvchi direktori Anatoliy Iksanovning Rossiya televideniyesiga aytishicha, janob Filin o‘z boshqaruv usulida o‘ta "yonbermas" bo‘lgan.

"Bolshoy Teatr" ning ijodiy dasturi yuzasidan tortishuvlar ancha vaqtdan beri mamlakat matbuotida yoritilib kelardi.

2011 yili ikki balet yulduzi, Natalya Osipova va Ivan Vasilevlar yangi repurtuar yuzasidan norozilik ramzi sifatida iste‘foga chiqqanliklarini ma‘lum qilgandilar.

Sergey Filin "Bolshoy Teatr"ning balet guruhi rahbari etib tayinlangan vaqti avvalgi rahbar Gennadiy Yanin nomaqbul fotosuratlari Internet sahifalarida nashr etilishi ortidan iste‘fo bergandi.

Yana bir taniqli ijodkor Nikolay Tsitskaridze Sergey Filin boshqaruv uslubini 2012 yil boshlarida qattiq tanqid ostiga olgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.