BBC navigation

Tojikiston: Mastchohda O‘zbekiston Islomiy Harakati a‘zolariga qarshi amaliyot o‘tkazildi

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 12:05 GMT

Tojikiston Ichki Ishlar vaziri Ramazon Rahimov Afg‘onistondan Tojikiston shimoliga sizib kirgan "terrorchi guruh"ning 10 a‘zosi qo‘lga olinganligini ma‘lum qildi.

Janob Rahimovning aytishicha, O‘zbekiston Islomiy Harakati a‘zolari, deya aytilgan shaxslarni qo‘lga olish amaliyoti mobaynida politsiya xodimlaridan bir kishi halok bo‘lib, yana 2 kishi jarohatlangan.

Islomiy Harakat a‘zolari Tojikiston shimoliga qachon va qay yo‘l bilan kirib kelganliklari tafsilotlari aytilmagan.

Dushanbedagi matbuot anjumanida hammasi bo‘lib mamlakat hududiga necha nafar islomiy jangarilar kirib kelganliklari ham aytilmadi, lekin norasmiy manbalar ularning sonini 300 nafar atrofida, deya aytmoqdalar.

Rasmiylarga ko‘ra, bu yil Tojikistonda o‘tkazilishi rejalangan prezidentlik saylovlaridan avval terroristik va qo‘poruvchi guruhlarning faoliyati kuchayishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda poytaxt Dushanbeda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilib, turli tayyorgarlik amallari o‘tkazilayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Shahar aholisning aytishicha, ba‘zi mavzelarda oxirgi kunlarda politsiya xodimlari uyma-uy yurib, hujjatlarni tekshirmoqdalar.

Dushanbedagi matbuot anjumanida Ichki Ishlar Vaziri hujjatlarni tekshirish jarayoni "xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida o‘tkazilayotganligi"ni aytdi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.