BBC navigation

Jazoirdagi garovdagilarni ozod qilish amaliyoti qonli yakun topgan

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 11:09 GMT

Jazoir xavfsizlik kuchlari Sahroi Kabirdagi gaz inshootida islomiy jangarilar garovda ushlab turgan xorijiy ishchilarni ozod qilish amaliyotini o‘tkazgan.

Jangarilar garovda ushlab turgan yetti insonni qatl etganlar, jang oqibatida 11 qurolli o‘ldirilgani xabar qilingan.

Jazoir matbuoti xabar qilishicha, hukumat kuchlari harbiy amaliyotni boshlashlari bilan jangarilar garovdagi insonlarni otib o‘ldirganlar.

Garovda ushlub turilganlar orasida chet mamlakatlar fuqarolari bo‘lganlar.

Ularning qaysi mamlakatlar fuqarolari ekani aytilmagan.

Bir kun oldin 18 yanvar kuni islomchilar 573 Jazoir fuqarosi va 100 xorijiy ishchini ozod qilgan edilar.

Garovgirlik hodisasi yakunlanganidan keyin 30 nafarcha chet ellik taqdiri noma‘lum qolayotgani aytilgan.

Payshanba kuni Jazoir xavfsizlik kuchlari garovdagilarni ozod qilishga uringan paytida 12 kishi o‘ldirilgan edi.

Ushbu hodisada jami 19 garovdagi inson o‘ldirilgani tasdiqlangan.

Islomiy jangarilar chorshanba kuni gaz majmuasi xodimlarini mahalliy qo‘nalg‘aga olib ketayotgan avtobusga hujum qilgan edilar.

Ilk hujum paytida bir britaniyalik va bir jazoirlik halok bo‘lgan.

Amenadagi gaz majmuasi Jazoir davlat neft shirkati va Britaniyaning VR shuningdek, Norvegiyaning Statoil shirkatlari bilan birgalikda boshqariladi.

Statoil shirkati jangarilarning qo‘lida olti Norvegiya fuqarosi qolayotganini aytgan edi.

Jazoir rasmiylari so‘nggi garovdagilar ushlab turilgan inshoot minalashtirilganini va amaliyot tugaganidan keyin minalardan zararsizlantirish boshlanganini aytganlar.

Amenadagi garovga olish hodisasi ortida Muxtor Belmuxtor, yaqin-yaqinlargacha "Islomiy Mag‘ribdagi Al-Qoida" guruhi rahbarlaridan biri bo‘lgan shaxs turganligi aytilgan.

Guruh chiqargan bayonotda aytilishicha, garovga olish Frantsiyaning Malidagi amaliyotlariga javoban amalga oshirilgan.

Lekin BBCning xavfsizlik masalalari bo‘yicha tahlilchisiga ko‘ra, bu kabi keng miqyosli amaliyotni buncha qisqa fursat ichida rejalab, amalga oshirish amri mahol vazifa.

Muxtor Belmuxtor 1980-yillarda Afg‘onistonda Sho‘ro kuchlariga qarshi mujohidlar saflarida kurashgan.

O‘tgan yili u ichki kelishmovchiliklardan so‘ng "Islomiy Mag‘ribdagi Al-Qoida" guruhini tashlab chiqib, o‘z guruhini tashkil qilgan.

Frantsiya josuslik xizmati unga "tutqich bermas" deb laqab qo‘ygan.

Mahalliy aholi tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangani uchun uni "Mister Marlboro", deb atagan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.