BBC navigation

"Birdamlik" faolining salomatligini tekshirish talab qilinmoqda

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 17:46 GMT

Valeriy Nazarov karaxt va "bosh joyida emas"ligini aytgan.

O‘zbekistondagi muxolif "Birdamlik" harakati faollariga ko‘ra, harakatning Xorazm viloyati yetakchisi Valeriy Nazarovga Urganch shahrida jismoniy va ruhiy bosimlar o‘tkazilgan, shuning uning sog‘ligi xalqaro tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

"Birdamlik" harakati bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunlarda o‘ziga xos norozilik amaliyotlari tashkil etishga harakat qiladi.

Bu amaliyotlarda fuqarolarning O‘zbekiston konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklaridang boxabar etish maqsadida mamlakat konstitutsiyasi nusxalarini tarqatish, oq libos kiyish bilan O‘zbekiston rahbariyati o‘z konstitutsiyasi va qonunlarini buzayotganiga norozilik izhor etish", OSh - "Ommaviy Shodlik" tadbirlari rejalangan.

Lekin har yili respublikaning turli viloyatlarida istiqomat qiladigan muxolifatchilarning rejalagan tadbirlarini o‘tkazishga davlat organlari to‘sqinlik qiladilar.

2012 yil 8 dekabrida ham "Birdamlik" faollari poytaxt Toshkentda to‘planish va "Ommaviy Shodlik" aktsiyasini o‘tkazmoqchi ekanlari haqida e‘lon qildilar.

"Birdamlik"ning Xorazm bo‘yicha yetakchisi Valeriy Nazarov ham Toshkentga otlangan, biroq faollar shundan keyin 66 yoshli sobiq fermerning Urganchdagi militsiya va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bosimiga uchraganini aytganlar.

Valeriy Nazarov bilan aloqa 7 dekabrni kuni uzilgan edi.

Oradan bir yarim oy o‘tib, Valeriy Nazarovning ahvolidan xavotirlangan faollar Toshkentdan Xorazmga yetib borishgan.

Faollarga ko‘ra, Nazarov oilasining a‘zolari qattiq qo‘rqitilganlar, Valeriy Nazarovning karaxt holati tashvishga solgan.

U o‘zining "boshi joyida emas"ligini aytgan.

"Men tanigan Valeriy Nazarov bunaqangi odam emas edi-ku? Nega bunchalar parishonhol? Hushlari o‘zida emas. Yurolmayaptilar hatto, muvozanatlarini yo‘qotib yiqilayaptilar. Yana yetakchimizni psixotrop dori ko‘magida ushlab turgan bo‘lmasinlar?", degan Malohat Eshonqulova.

Faollarga ko‘ra, Valeriy Nazarovni Urganch shahridagi ruhiy shifoxonada xuddi Yelena Urlayevadek o‘z ixtiyoriga qarshi ushlab turgan bo‘lishlari mumkin.

Shu sababdan ham "Birdamlik" xalqaro tashkilotlardan Valeriy Nazarovning salomatligini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilmoqda.

Valeriy Nazarovning Toshkentga borishiga mone‘lik qilingan paytda "Birdamlik" harakatining Toshkent shahri, Jizzax viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi faollari ham tazyiqlarga uchradi.

Jizzaxlik Saida Qurbonova 15 kecha-kunduzga qamaldi, Malohat Eshonqulova bir necha kunni Samarqandda uy qamog‘i sharoitida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.