BBC navigation

Natan Xamm: O‘zbekistonda rahbar o‘zgarishi mumkin, rejim o‘zgarmaydi

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 14:10 GMT

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sietl Universitetida O‘zbekistonda rejim o‘zgarishi mavzusiga bag‘ishlangan anjuman boshlangan.

Konferentsiya tashkilotchisi bir paytlar O‘zbekistonda faoliyat yuritgan "Ogohlik loyihalari" nodavlat tashkilotidir.

Anjumanda Markaziy Osiyo bo‘yicha qator ekspertlar, O‘zbek muxolifati vakillarining ma‘ruzalari rejalangan.

Ana shu ma‘ruzachilardan biri Ovrosiyo mamlakatlari tahliliga bag‘ishlangan Registan.net tarmog‘i asoschisi Natan Xamm.

Biz undan O‘zbekistonda yaqin ikki-uch yil davomida tuzum o‘zgarishi mumkinmi, deb so‘radik.

Natan Xamm: Men bunday deb o‘ylamayman. Bunaqa ehtimol juda kam. Hatto hozir ko‘pchilik muhokama etayotgan Karimov vafotidan keyingi stsenariyda ham men rejim o‘zgarmaydi, degan fikrdaman. Rahbariyat o‘zgarishi mumkin, biroq bugun amal qilayotgan rejim o‘zgarishi uchun 5-10 yillik vaqt talab qilinsa kerak.

BBC: O‘sha siz aytayotgan stsenariy bo‘yicha keyingi rahbar kim bo‘lishi mumkin? U janob Karimov oilasi a‘zosi bo‘ladimi yo mamlakat siyosiy sahnasidagi boshqa kuchlar vakilimi, siz nima deb o‘ylaysiz?

Natan Xamm: Men bu odam janob Karimov oilasining a‘zosi yoki qarindoshi bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Keyingi rahbar janob Karimov "siyosiy oilasining a‘zosi" bo‘ladi. Mamlakat elitasining tarkibi ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda juda torayib ketdi. Men bu odam hozirgi siyosiy sahnada joy egallab turgan shaxs bo‘ladi, deb taxmin qilaman. Agar bu kim bo‘lishi mumkin, deb so‘rashsa, men Elyor G‘aniyev nomini keltirishim mumkin. Bu bir taxmin. Nima uchun u? Sababi, u doim siyosiy rahbariyat a‘zosi bo‘lib kelgan, u keyingi siyosiy voris bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab taxminlar bildirilgan. Biroq uning o‘zi hokimiyatga kuchli intilmagan. Ammo ayni paytda eng so‘nggi daqiqada siyosiy elita orasidan kimdir tepaga chiqib qolishi ham mumkin.

BBC: O‘zbekistonda davlat bilan jamiyat o‘rtasida nomuvofiqlik, rahbarlar bilan oddiy odamlar o‘rtasida farq kuzatiladi, sizning Sietl Universitetidagi ma‘ruzangiz ham ushbu masalaga bag‘ishlangan. Sizningcha, bugungi O‘zbekistondagi asosiy kelishmovchiliklar qaysilar?

Natan Xamm: Men o‘ylaymanki, eng kattasi - iqtisodiyot. O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat butkul yaroqsiz ahvolga kelgan. O‘zbekiston markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p mamlakat. Mintaqada sanoati eng kuchli taraqqiy ettirilgan mamlakat edi. Uning qishloq xo‘jaligida beqiyos imkoniyatlari bor edi. Insoniy salohiyati ham xuddi shunday. O‘z vaqtida Qozog‘istonning ham boshiga xuddi O‘zbekistonnikidek muammolar tushgan edi. Qozog‘iston qisqa fursat ichida iqtisodini ko‘tarib olishning uddasidan chiqqan bo‘lsa, O‘zbekistonda eng kichik umidlar ham ro‘yobga chiqmadi. So‘nggi 5 yil davomida har qishda gaz va elektr taqchilligi kuzatilayapti. Bundan keyin esa biz vaziyatning yanada yomonlashishini kutishimiz mumkin. Mana shu narsa odamlarni kichik noroziliklarga undashi mumkin.
Keyingi ziddiyat diniy masalaga bog‘liq. O‘zbekistonda Islom tobora muhim omilga aylanib borayapti, biroq xavf manbasi sifatida emas. Chunki Islomni odamlar o‘zlarining kundalik hayotlarining tarkibiy bir qismi sifatida ko‘rmoqdalar. Odamlar hayotlarining har bir jihatida Islomni ko‘rishni xohlamoqdalar, bundan esa O‘zbek hukumati vahimaga tushmoqda. Hukumat odamlar hayotining hamma jihatini nazorat qila olmasligidan cho‘chimoqda.

BBC: O‘zbekistondagi siyosiy klanlarning kurashi mavjudligi haqida, ular ustunlikka erishish maqsadida doim bir-birlariga qarshi kurashib kelayotganlari haqida ko‘p gap-so‘zlar aytiladi. Bu gap-so‘zlar, sizningcha, qanchalar asosga ega?

Natan Xamm: Hali 2006 yillarda bu narsalar mavjud, deb o‘ylashingiz mumkin edi. Hozirga kelib O‘zbekistonda bir siyosiy klan qolgan. Bular Toshkentda Islom Karimov atrofida yig‘ilgan odamlar. Lekin bu narsa siyosiy elita o‘rtasida kurash yo‘qligining alomati deb ko‘rilmasligi kerak. Faqat biz bu haqda ma‘lumotga ega emasmiz. Biz jo‘g‘rofiy kelib chiqishiga qarab siyosiy elita a‘zolari qanchalar birlashganini bilmaymiz.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.