BBC navigation

Qirg‘iziston So‘x anklavini aylanib o‘tuvchi yo‘lni qurishga tushdi

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 14:58 GMT

O‘zbekistonning So‘x anklavida 60 ming aholi yashaydi.

Qirg‘iziston janubidagi Botken viloyatida O‘zbekistonning So‘x anklavi bilan chegaradosh hududda mahalliy yo‘l qurilishi boshlandi.

Yaqinda Qirg‘iziston parlamentining yopiq majlisida yo‘l qurilishini darhol boshlash haqida qaror qabul qilingandi.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, ushbu tadbirning asosiy maqsadi – O‘zbekistoning So‘x anklaviga tutash joylashgan Qirg‘iziston hududlari aholisi uchun bordi-keldi va yo‘l harakatini osonlashtirish.

Shu bilan birga Qirg‘iziston parlamenti hukumatga O‘zbekiston bilan hamkorlikda chegaradagi vaziyatni har tomonlama barqarorlashtirish vazifasini yuklagan.

Qirg‘iziston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi bildirishicha, hozircha So‘x anklavini aylanib o‘tadigan 21 kilometrlik yo‘lning faqat 14 kilometri quriladi.

Qirg‘iziston parlamenti yaqinda yopiq eshiklar ortida o‘tgan yig‘inida zudlik bilan bajarilishi kerak bo‘lgan qator choralarni belgilab olgandi.

So‘x anklavini aylanib o‘tadigan yo‘l qurilishi ana shunday zaruriy choralardan biridir.

Yo‘l qurilishi joriy oy boshida Botken viloyatining So‘x anklaviga tutash Chorbog‘ qishlog‘i va So‘xning Hushyor qishlog‘i yashovchilari o‘rtasida yuz bergan zo‘ravonliklar ortidan boshlatildi.

Hozirda So‘x anklavini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lab turuvchi So‘x – Rishton avtomobil yo‘li Qirg‘iziston tomonidan berkitib qo‘yilgan.

Ayni damda Rossiyadagi ishdan qaytayotgan minglab so‘xliklar uylariga o‘tolmay, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qolib ketishmoqda.

So‘xning o‘zida esa dori-darmon, oziq-ovqat bir necha baravarga qimmatlagan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.