BBC navigation

"Memorial" markazi Markaziy Osiyo dasturi rahbariga o‘ldirish bilan tahdid qilingan

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 11:15 GMT

Elektron xatlar bitta IP-manzildan Vitaliy Ponomaryovga yuborilgan.

Moskvadagi "Memorial" inson huquqlarini himoya qilish markazining Markaziy Osiyo dasturi rahbari Vitaliy Ponomaryov aytishicha, u o‘lim tahdidi bitilgan elektron maktublar olgan.

Vitaliy Ponomaryov mintaqa mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonda diniy e‘tiqodi uchun tutqun etilgan insonlarning haq-huquqlari poymol etilayotgani, Qirg‘izistondagi 2010 yil yozidagi xunrezliklar haqidagi hisobotlar muallifi hisoblanadi.

"Memorial" markazining oxirgi hisoboti O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlarining Rossiya hududida noqonuniy amallarga qo‘l urganlari haqidagi tanqidiy chiqishi bo‘lgan.

Rossiyadagi nufuzli inson haqlari markazi o‘z xodimiga tahdidlar bo‘lgani haqida bayonot tarqatgan.

Unda aytilishicha, Vitaliy Ponomaryovning elektron pochtasiga rus va o‘zbek tillarida yozilgan po‘pisali maktublar kelib tushgan.

Elektron xatlarning uch turli manzildan ikki daqiqa tanaffus bilan jo‘natilgani xabar qilinadi.

Bu xatlarda agar Vitaliy Ponomaryov Qirg‘izistonning janubiga boradigan bo‘lsa o‘ldirilishi, Moskva shahrida uning oilasi a‘zolari o‘ldirilishi tahdid qilingan.

"Memorial" elektron maktublarning IP-adresini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, markazdan xabar qilishlaricha, elektron xatlar bitta IP-manzildan Vitaliy Ponomaryovga yuborilgan.

Moskvadagi O‘zbek tili mutaxassislariga ko‘ra, Ponomaryovga O‘zbek tilida yozilgan maktub Toshkent shevasida yozilgan.

"Memorial"ga ko‘ra, aftidan bu tahdid markazning O‘zbek milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining Rossiyadan O‘zbekiston fuqarolarini o‘g‘irlab ketishlari, Moskvada hibsda saqlangan o‘zbekistonliklarga mamlakatga olib ketish va qiynoqlarga solishdek qonunga zid harakatlari haqidagi hisobotga javob bo‘lgan.

"Memorial" inson haqlari markazi o‘z xodimiga tahdidlar yuzasidan Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati va Moskva shahri prokuraturasiga murojaat qilgan hamda tergov o‘tkazib, aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish markazi bundan oldin ham o‘z xodimlariga tahdid va hujumlar bo‘lganini eslatadi.

2011 yil 6 iyunida Moskva shahridagi uyi ostonasida "Memorial"ning Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi xodimi Bahrom Hamroyev noma‘lum shaxslar tomonidan kaltaklab ketilgan edi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.