BBC navigation

Axbor Imomxo‘jayev: "Men ham Mirjalol va Sanjar nomzodini ko‘rsatgandim"

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 13:28 GMT

O‘zbekistonlik faxriy futbol sharhlovchisining aytishicha, yilning eng yaxshi murabbiyi va eng zo‘r futbolchisi maqomiga shaxsan o‘zi ham Mirjalol Qosimov va Sanjar Tursunovlar nomzodini ko‘rsatgan:

Ахбор Имомхўжаев

Ўзбекистонлик фахрий футбол шарҳловчиси.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Kecha dushanba kuni 2012 yilgi futbol mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov yilning eng yaxshi futbolchisi, bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov eng zo‘r murabbiyi, deb topilgandi.

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, Mirjalol Qosimov o‘z murabbiylik faoliyati davomida ilk bor ana shunday sharafga loyiq ko‘rilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Mirjalol Qosimov murabbiyligi ostida 2014 yilgi jahon chempionati saralash bosqich uchrashuvlarida halicha biror marta mag‘lubiyat alamini tatigani yo‘q.

Saralash bosqich bellashuvlarini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan O‘zbekiston joriy paytda Osiyo qit‘asidan 2014 yilgi jahon chempionatiga 4.5 ta yo‘llanmadan bittasini qo‘lga kiritishga da‘vo qilayotgan yagona Markaziy Osiyo davlatidir.

So‘nggi bosqich saralash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetib borarkan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 o‘yindan 8 ochko jamlab, o‘z guruhi("A")da peshqadamlik qilib turibdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar so‘nggi uchrashuvlarida Mirjalol Qosimov murabbiyligi ostida qit‘aning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Eronni Tehronning o‘zida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishgandi.

"Bunyodkor" klubi esa, o‘z tarixida ikkinchi bor Osiyo chempionlar ligasining yarim finaliga chiqib, bu yilgi O‘zbekiston Kubogini ham qo‘lga kiritdi.

Mirjalol Qosimov

Mirjalol Qosimov o‘z vaqtida o‘zining qoyilmaqom futbolchilik mahorati bilan nafaqat mahalliy, balki xorijiy futbol muxlislari orasida ham alohida nom qozongan.

U futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon va Ovro‘po chempioni. Kattalar o‘rtasida XII Osiyo O‘yinlari g‘olibi.

Rossiya va O‘zbekiston chempioni. O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan sportchi.

Hozirgi paytda Mirjalol Qosimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiysi.

O‘tgan yil iyun oyida Andijon viloyatida Mirjalol Qosimov nomidagi futbol maktabi ham ochilgan va bu - O‘zbekiston tarixida mashhur futbolchilar sharafiga ochilgan ilk maktab edi.

"Yilning eng yaxshi futbolchisi", deb topilgan va joriy paytda Vladikavkazning "Alaniya" klubida to‘p suruvchi Sanjar Tursunov esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yetti uchrashuvda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yilning eng yaxshilari ommaviy-axborot vositalarining ikki yuzga yaqin xodimlari ishtirokidagi so‘rov ortidan aniqlangan.

Bo‘lajak uchrashuvlariga risoladagidek hozirlik ko‘rish uchun 21 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, hozir bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov boshchiligida Dubayda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.