BBC navigation

So‘x: qirg‘iz tomoni o‘zbek fuqarolarining garovga olinganini rad etdi

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 14:38 GMT

Chegaralarning yopilishi sabab O‘zbekistonning So‘x tumani qamal ostida qolgan

Qirg‘iziston chegara xizmati O‘zbekiston fuqarolarining Botken yashovchilari tomonidan garovga olingani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Qirg‘iz chegara xizmatining Botken viloyati bo‘limi matbuot kotibi Gulmira Bo‘riboyevaning BBCga aytishicha, So‘x tumanining uch nafar yashovchilari shu yilning 12 yanvar kuni Botken viloyatining Qadamjoy tumanidagi chegara nuqtasidan noqonuniy ravishda o‘tishga uringan paytlari hibsga olingan.

Bo‘riboyeva xonimning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolarining yonida shaxslarini taqdiqlovchi hujjat ham bo‘lmagan.

Qirg‘iz chegara xizmati vakilining aytishicha, So‘x tuman Sarikanda qishlog‘ida yashovchi Yunusjon Karimov, Rustam Nishonov va Firuz Yo‘ldoshevlar Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani orqali So‘xga-uylariga borayotgan bo‘lishgan.

Rishtonda 2 mingga yaqin so‘xliklarning to‘planib qolgani aytiladi.

Xabarlarga ko‘ra, ularning aksariyati mahalliy kollej binosida yashamoqda.

Gulmira Bo‘riboyevaga ko‘ra, 6 yanvarda So‘x tumani bilan chegarada sodir bo‘lgan hodisalar ortidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi shu yilning 6 yanvarida chiqarilgan buyrug‘i bilan So‘x bilan chegaradagi 7 ta o‘tish nuqtasida harakatni taqiqlagan.

Qirg‘iz mulozimiga ko‘ra, hozirda so‘xlik uch o‘zbek fuqarolari Botken viloyat ichki ishlar boshqarmasining hibsxonasida saqlanmoqda.

Avvalroq qirg‘iz militsiyasi ularning Qirg‘iziston davlat chegarasidan o‘tish tartibini buzgalikda ayblanayotganliklarini aytgan.

Shu tariqa qirg‘iz tomoni o‘zbek fuqarolarining Qirg‘iziston hududida garovga olinganliklari haqidagi xabarlarni rad etgan.

Farg‘onalik inson huquqlari faoli Abdusalom Ergashev o‘z manba‘lariga tayanib, so‘xliklarning qirg‘izlar tomonidan garovga olinganliklari va do‘pposlanganliklari haqida xabar tarqatgandi.

Chegaradagi vaziyat

6 yanvar kuni So‘x-Botken chegarasida yuz bergan hodisalar ortidan O‘zbekistonning So‘x anklavi atrofidagi vaziyat tarangligicha qolmoqda.

Hodisada qirg‘iz chegarachilari 5 nafar o‘zbek fuqarolarini yaralagan va bundan g‘azabga kelgan Sux tumanining Hushyor qishlog‘i yashovchilari Qirg‘iziston hududidiga o‘tib, bir necha mashinalarga o‘t qo‘ygan va 10 dan ortiq qirg‘iz fuqarolarini garovga olishgan.

O‘zbekiston qirg‘iz tomonini So‘xdagi vaziyatni keskinlashtirishda ayblagan va Qirg‘iziston bilan barcha chegara-o‘tish nuqtalarini yopib qo‘ygan.

Seshanba kuni qirg‘iz chegara xizmati O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan temiryo‘l o‘tish nuqtalarini ham yopib qo‘yganini ma‘lum qilgan.

O‘zbek tomoni So‘xga yordam amaliyotini boshlagan

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston Qizilqiya, Qorasuv, Jalolobod hamda Shamldisay temiryo‘l-o‘tish nuqtalarini butunlay yopgan.

Bu temir yo‘l nuqtalaridan yuk kargolari o‘tishi aytiladi.

Qirg‘iz tomoni hozirda O‘zbekiston hududidagi o‘z aholi punktlari uchun So‘xni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurilishini boshlab yuborgani xabar qilingan.

Yordam amaliyoti

Ayni paytda O‘zbekiston hukumati 6 yanvar hodisalari ostidan qamal holatida qolayotgan So‘x aholisiga yordam yetkazisha amaliyotini boshlagani haqida xabarlar olingan.

Rishtonlik jurnalist Bahodir Eliboyevning aytishicha, hozirda Rishton tumaniga oziq-ovqatlar yuklangan kamida 12 yuk mashinasi yetib kelgan.

So‘x viloyatiga oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazib berish qarori Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni anklavdan qaytishi ortidan olingan.

Yangi yil boshida So‘x anklavidagi Hushyor aholisi va Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi chegarachilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar ortidan Qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistondan So‘x anklaviga boruvchi Rishton-So‘x avtomobil yo‘lini butunlay berkitib tashlagandi.

Natijada So‘x anklavida narx-navoning keskin ko‘tarilgani xabar qilinadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.