BBC navigation

Tojikiston hukumati: "Bizda siyosiy mahbuslar yo‘q"

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 15:04 GMT

Muxolifat Imomali Rahmon yana bir bor raqiblarsiz prezidentlikka saylanishiga shubha qilmaydi.

Tojikiston Adliya vaziri Rustam Mengliyevning aytishicha, mamlakatda siyosiy ayblovlar bilan qamalganlar yo‘q.

Mamlakat tashqarisidagi muxolifatga ko‘ra, jinoyat qilishda ayblanib qamalgan ko‘pgina mahkumlar o‘zlarining siyosiy qarashlari uchun ozodlikdan mahrum etilganlar.

Tojikiston sotsial demokratik partiyasining yetakchilaridan, huquq fanlari doktori Shokirjon Hakimovga ko‘ra, Tojikistonda siyosiy mahkumlar qamoqdagilarning ikki fozini tashkil qiladi.

Bugungi hukumatdan norozi kishilar siyosiy ayblar bilan emas, ko‘pchiligi o‘g‘irlik va boshqa iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib qamoqqa tashlangan.

Jumladan, mamlakatning sobiq vaziri Yoqub Salimov va muxolifatdagi Demokratik partiyaning rahbari Mahmadro‘zi Iskandarovlar prezident Imomali Rahmonga haqiqiy raqib bo‘la olganliklari uchun ozodlikdan mahrum etilgani aytiladi.

Yoqub Salimov xoinlikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan. Demokratik partiya rahbari Mahmadro‘zi Iskandarov esa terrorizm ayblari bilan qamoqqa tashlangan. 2006 yil esa bir vaqtlar prezidentga yaqin bo‘lgan G‘affor Mirzoyev prezidentni ag‘darish harakatlarida ayblanib qamoqqa olinadi.

Tojikistondagi fuqarolar urushi yillarida dunyoviy hukumatga qarshi kurashgan islomiy partiya Prezident Imomali Rahmonni uchinchi bor saylanishi oldidan saylovlarning ozod va adolatli o‘tishi ehtimoli juda past ekanini bildirgan edi.

Shuningdek, o‘shanda muxolifatdagi ikki partiya - Demokratik va Sotsial-demokratik partiyalar saylovlarni boykot qilishgandi. Ular prezidentlik saylovlarini o‘tkazishning o‘zi noqonuniy ekanini da‘vo qilishgan.

Bo‘lajak saylovlarda esa Prezident Imomali Rahmonov to‘rtinchi bor o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilgan.

Tojikistonda mustaqil matbuot tobora turli to‘siqlarga duch kelayotgani haqida aytilmoqda. Kuzatuvchilar bularning barchasi bo‘lajak prezidentlik saylovi oldidan ko‘rilayotgan choralar ekanini aytishadi.

Muxolif kuchlar Imomali Rahmonni prezidentlikka yana, to‘rtinchi bor nomzodini ilgari surishi har qanday qonunlarga zid ekanini gapirishsa, 2003 yil o‘tkazilgan referendumga binoan janob Rahmon rasman 2020 yilgacha prezidentlikka saylanish huquqiga ega.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.