BBC navigation

Amerikaliklar Barak Obama qasamyod marosimining guvohi bo‘ldilar

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 13:09 GMT

AQShning 44- Prezidenti Barak Obama innaguratsiya marosimi paytida biri Avraam Linkoln, boshqasi Martin Lyuter Kingga tegishli bo‘lgan Injilga qo‘l qo‘yib qasamyod qilgan.

Qasamyoddan so‘ng Obama nutq so‘zlab, o‘zining oldingi to‘rt yil davomidagi siyosatining asosiy tomonlariga nazar tashlagan.

Jumladan u iqlim o‘zgarishi, muhojirlik siyosati, qurol savdosi bilan bog‘liq va ayollar hamda jinsiy ozchiliklar huquqi muammolariga to‘xtaldi.

O‘z nutqida janob Obama Amerika Konstitutsiyasidagi "Biz, Amerika Qo‘shma shtatlari xalqi" so‘zlarini bir necha bor takrorlagan.

Shundan so‘ng tantanali marosim boshlanib, bir qancha namoyishlar, rasmiy qabul va mashhur qo‘shiqchilarning chiqishlari bilan davom etgan.

"Bizning yo‘limiz nihoyasiga yetmagan"

Janob Obama xalqiga murojaatida "urushlar nihoyasiga yetmoqda", mamlakat iqtisodi tiklanmoqda, lekin "Amerikaning imkoniyatlari chegarasizdir" deb aytgan.

"Hozir qaror qabul qilish uchun vaqt yetib keldi, uni paysalga solish aslo mumkin emas,- degan prezident.- Biz mutlaqlikni printsipiallik bilan almashtirolmaymiz, siyosatni o‘yinga aylantirib, qo‘pollikni aqlli bahslashish sifatida qabul qila olmaymiz. Biz harakat qilishimiz, shu bilan birga bizning harakatlarimiz tugamaganligini anglashimiz lozim".

Obama o‘z nutqida kambag‘allar, meditsina yordamiga muhtojlar haqida qayg‘urishga, ayollar, jinsiy ozchiliklar huquqlari uchun kurashishga chaqirgan.

"Bizning gomoseksual aka va singillarimizga qonunda yozilganidek, hammaga bo‘ladigan munosabat bo‘lmas ekan, bizning vazifamiz bajarilmagan hisoblanadi,- deb ta‘kidlaydi janob Obama.

"Amerikani imkoniyatlar vatani sifatida qabul qiladigan yordamga muhtoj muhojirlarni qabul qilish uchun eng yaxshi yo‘li topilmas ekan, bizning vazifamiz bajarilmagan bo‘ladi. Bizning bolalarimiz - Detroyt ko‘chasidan Alpaoachey tepaliklariyu, Nyu Taunning ko‘chalarida yashovchilargacha ular haqida qayg‘urayotganlari, himoya qilayotganlari, ular xavfsizlikda ekanliklarini anglamagunlaricha, bizning vazifamiz tugamagan bo‘ladi".

Barak Obama shuningdek, xalqaro siyosat masalalariga ham e‘tibor qaratib, Osiyodan Afrikagacha, Amerikadan Yaqin Sharqqacha demokratiyani qo‘llashini va‘da qildi.

"Biz boshqa mamlakatlar bilan qarama-qarshiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdorimiz", deb ta‘kidlagan Amerika Prezidenti.

Barak Obama yakshanba kuni tor doirada Oq Uyda qasamyod marosimini o‘tkazgan edi.

Amerika Konstitutsiyasiga binoan qasamyod 20 yanvarda qabul qilinishi lozim. Biroq 20 yanvar yakshanbaga to‘g‘ri kelgani bois, innaguratsiya - omma oldida qasamyod marosimi dushanba kuniga qoldirildi.

Yakshanba kuni Oq Uyning Moviy xonasida Obama oilasiga tegishli Injilga qo‘l qo‘yib, "AQSh Konstitutsiyasini saqlash, himoya qilish va qo‘riqlashga" va‘da bergan.

U bu so‘zlarni dushanba kuni Kapitoliy saroyi oldidagi ommaviy marosimda ham takrorlagan.

2009 yildagi qasamyod marosimini qariiyb ikki million kishi kuzatgan bo‘lsa, dushanba kuni avvalgi innaguratsiyadan ikki marta kam odam yig‘ilgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.