BBC navigation

Mexikodagi Haydar Aliyev haykali ko‘chiriladi

Сўнгги янгиланиш 23 январ 2013 - 13:21 GMT

Meksika poytaxti hokimining aytishicha, Ozarbayjon sobiq rahbarining haykali shaharning markazidan olinib, shaharning "chetroq" mavzesiga o‘rnatiladi.

Bunga javoban Ozarbayjon Meksikaga joylashtirilgan sarmoyalar miqdorini qisqartirish bilan po‘pisa qilgan. Natijada ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashishi mumkinligi aytilmoqda.

Meksikadagi Ozarbayjon elchixonasi ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirda sarmoyalar miqdori 4 milliard amerika dollari atrofidadir.

BBC muxbiri Damiyen Makginnesga ko‘ra, Haydar Aliyevning bronzadan ishlangan Mexikodagi haykalini ko‘chirish ishlari shu hafta oxirlariga rejalangan.

O‘tgan yil avgust oyida haykal o‘rnatilgan vaqti huquq faollari norozilik chiqishlarini uyushtirgandilar.

Ularga ko‘ra, Haydar Aliyev o‘z siyosiy muxoliflarini qamoqqa tashlagan diktatordir.

Lekin bu noroziliklarga qaramay, haykal atrofidagi oromgohni ta‘mirlash ishlari uchun 5 million dollar ajratgan Ozarbayjon hukumati haykalni olib tashlashga rozi bo‘lmagandi.

Hozirda yangi tayinlangan Mexiko hokimi haykalni ko‘chirish kerak, degan xulosaga kelgan.

Ozarbayjonda marhum Haydar Aliyev Sho‘rolar qulashidan so‘ng millatning tiklanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs sifatida taqdim qilinadi va uning hayotligi davrida mavjud bo‘lgan shaxsiga sig‘inish hanuz saqlanib qolgan. Mamlakat bo‘ylab uning katta-katta suratlariga ko‘zingiz har yerda tushadi.

2003 yili prezidentlik uning o‘g‘li Ilhom Aliyevga "meros" qilib berildi.

Bu yil oktyabr oyida Ozarbayjonda prezidentlik saylovlari kutilar ekan, G‘arbning Ozarbayjondagi inson huquqlari borasidagi xavotirlaridan xabardor rasmiylar marhum rahbar obro‘sini xorijda targ‘ib qilishni hanuz afzal bilmoqdalar.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.