BBC navigation

Yosh bolani to‘g‘ri yo‘lga solish uchun yolg‘on qo‘llash kerakmi?

Сўнгги янгиланиш 23 январ 2013 - 15:56 GMT

AQSh va Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘z farzandlari xulqini o‘zgartirish uchun aksar ota-onalar yolg‘ondan foydalanishar ekan.

Buning eng keng tarqalgan usullaridan biri ko‘chada tajanglik qilayotgan bolani "hozir bir o‘zingni tashlab ketaman", deya po‘pisa qilish bo‘lib chiqqan.

Bu kabi "yolg‘on"lar qatoriga ba‘zi turdagi ovqatni yeyishdan bosh tortayotgan bolani "ko‘r bo‘lib qolish" bilan qo‘rqitish yoda musiqa asbobini chalishga o‘rganayotgan va pala-partish o‘ynalgan asar uchun "zo‘r o‘ynading", deya "rag‘batlantirish" ham kirar ekan.

Ruhshunoslik Xalqaro jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, AQSh va Xitoyda 200 ga yaqin oila a‘zolari so‘ralgan vaqti yolg‘ondan boshqaruv asbobi sifatida foydalanishlarini aytganlar.

Ikkala mamlakatda ham keng qo‘llanandigan yolg‘onning yana bir turi, bola talab qilgan narsani noma‘lum kelajakda "albatta olib berish" va‘dasidir.

"Yig‘lashni to‘xtatmasang politsiyani chaqiraman" yolg‘on po‘pisasi ham ota-onlarga yaxshi tanish ekan.

Bolaning ruhiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘lib qolgan uy hayvonlari "uyi kattaroq bo‘lgan amakisining uyiga yashash uchun ketganligi" haqidagi yolg‘on ham keng qo‘llanar ekan.

O‘yinchoq do‘konidan tezroq chiqib ketish maqsadida "bugun o‘zim bilan pul olib kelmabman" iborasi ham ko‘plarga tanish bo‘lsa kerak.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, ota-onalar yolg‘ondan bolaning xulq-atvorini to‘g‘ri yo‘lga solish yo‘lida foydalanadilar.

Masalan, "sabzi yesang bo‘ying uzun bo‘ladi" yolg‘oni ko‘proq sabzavot yeyishga undash yo‘lida ishlatiladi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu kabi yolg‘onlar ota-ona va farzand o‘rtasidagi ishonch kabi munosabatlarga ta‘sir ko‘rsatishi shuningdek, "yolg‘ondan foydalanish axloqiy jihatdan to‘g‘rimi" degan savollarni keltirib chiqarishi mumkin.

Siz ham farzandingizni yo‘lga solish maqsadida yolg‘ondan foydalanganmisiz?

Sizning ota-onangiz sizga nisbatan yolg‘onni ishga solganini eslaysizmi?

Bizga o‘z fikr-mulohalaringizni yozib yuboring.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.