BBC navigation

So‘xliklar: "Yigirma kundan beri uyga qayta olmayapmiz"

Сўнгги янгиланиш 23 январ 2013 - 11:26 GMT

Yanvar oyi boshlarida So‘x-Botken chegarasida ro‘y bergan hodisalar ortidan chegarlar yopiq qolar ekan 2 mingga yaqin so‘xlik uylariga qayta olmayaptilar.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida qolib ketgan so‘xliklardan birining BBC bilan suhbatda aytishicha, ularni vaqtincha uy-joy va oziq-ovqat bilan ta‘minlaganlar lekin har kuni uyga qaytish umidi bilan yashamoqdalar.

Uning aytishicha, Rishtonda qolib ketgan so‘xliklardan ba‘zilari mahalliy sanatoriy va kollejlar yotoqhonlarida, ba‘zilari esa qarindosh-urug‘larinikida joylashganlar.

Rasmiylar ularga muammoni hal qilishga harakat qilayotganlari va sabr qilishlari lozimligini aytishgan.

Shu yil 6 yanvar kuni xabar berilishicha, Qirg‘iziston chegarachilari So‘x anklavi hududida simyog‘och o‘rnatishga harakat qilgan vaqtlari mahalliy aholi norozilik bildirgan.

Ba‘zi tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, bunga javoban qirg‘iz chegarachilari o‘q ochib besh nafar O‘zbekiston fuqarosini jarohatlaganlar.

Сўх анклави яшовчисининг Би-би-си билан суҳбати

Сўх анклави яшовчисининг Би-би-си билан суҳбати

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Bundan g‘azabga kelgan So‘x tumanining Hushyor qishlog‘i yashovchilari Qirg‘iziston hududidiga o‘tib, bir necha mashinalarga o‘t qo‘ygan va 10 dan ortiq qirg‘iz fuqarolarini garovga olishgan.

Garovga olingan Qirg‘iziston fuqarolari keyinchalik ozod etilgan.

Hodisalar ortidan Qirg‘iziston So‘x anklaviga olib boruvchi yo‘lda joylashgan chegara-o‘tish nuqtalarini berkitgandi.

Keyinchalik O‘zbekiston ham qator chegara o‘tish nuqtalarida Qbrg‘iziston fuqarolari uchun harakatni chekladi.

22 yanvar kunidan boshlab esa qirg‘iz chegara xizmati O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan temiryo‘l o‘tish nuqtalarini ham yopib qo‘yganini ma‘lum qilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston hududida joylashgan Qirg‘izistonning Barak anklavi atrofidagi chegara nuqtalfri ham yanvar oyi o‘rtalaridan beri yopib qo‘yilgani va u yerdagi aholi ham "qamal" holatida qolgani xabar berilmoqda.

Barak anklavida yashovchi Doulatbek Musayevning BBC bilan suhbatda aytishicha, u yerda minggga yaqin aholi bor.

Uning aytishicha, tashqi dunyo bilan hech qanday aloqa yo‘q.

"Kasallarga dori-darmon yetishmayapti, oziq-ovqat yetishmovchiligi ham kuzatilmoqda va qo‘ni-qo‘shnilardan so‘rab yuribmiz. Anklavdagi yagona do‘konda hech nima qolmagan", dedi Barak yashovchisi.

Барак анклави яшовчисининг Би-би-си билан суҳбати

Барак анклави яшовчисининг Би-би-си билан суҳбати

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Qirg‘iziston yanvar boshida ro‘y bergan hodisada yetkazilgan moddiy zarar uchun tovon to‘lashni talab qilgan va O‘zbekiston tovon to‘lash jarayoni boshlanganligini xabar bergan.

Lekin chegarlar hanuz yopiq qolmoqda va ikkala tomondan ham aholi muammoning yechilishini sabrsizlik bilan kutmoqdalar.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.