BBC navigation

Qirg‘iz rasmiylari: "So‘xliklar ertaga uyga qaytishlari mumkin"

Сўнгги янгиланиш 23 январ 2013 - 15:46 GMT

Qirg‘iziston rasmiylarining aytishlaricha, qamalda qolayotgan So‘x anklaviga yo‘lni ochish bo‘yicha o‘zbek-qirg‘iz muzokaralari kechmoqda.

Ikki mamlakat chegara xizmatlari rahbarlari O‘zbekistonning Quvasoy shahrida uchrashishmoqda.

Bu borada BBC bilan suhbatda Botken viloyati hokimi muovini Satijon Eratovning aytishicha, erta payshanba, 24 yanvar kunidan boshlab, Rishtonda qolib ketayotgan so‘xliklar o‘z uylariga qaytishlari mumkin va O‘zbekiston tarafi bemalol So‘xga yordam jo‘nata oladi.

"Menimcha, ertalab soat 8dan boshlab So‘x yo‘li ochiladi", dedi Botken viloyati hokimi o‘rinbosari.

"Hozirgi muzokaralar natijasiga qarab, Farg‘ona viloyatida qolib ketgan odamlarning barchasi uyiga qayta oladi. Menimcha, bu so‘xliklar ertaga payshanba kuni uylariga qaytishlari mumkin. Yordam masalasiga kelsak, Qirg‘iziston tarafi har qanday yukni o‘tkazishga tayyormiz. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Faqat nimanidir o‘tkazmoqchi bo‘lishsa, bu borada bizga aytish kerak, xolos. Mana hozir aytishsa, o‘tkazib yuboramiz. Bu borada biz bilan muzokara olib borish lozim. Ana shunday hamma ish joyida bo‘ladi", deya ilova qildi qirg‘iz rasmiysi.

O‘zbekistondagi vebsahilarda xabar berilganidek Qirg‘iz tikuchari bir necha oldin o‘zbek havo hududini buzib o‘tgani haqidagi xabarlarni janob Eratov rad etdi.

"Hech kim hech qanday havo hududini buzgani yo‘q. Bugun faqat ihotalanib qolgan o‘z aholi maskanimizdan ba‘zi bemorlarni olib chiqdik. So‘x anklavi yopilishi ortidan bizning qirg‘izlar ham mamlakatning boshqa hududlaridan uzilib qolishgandi", dedi Satijan Eratov.

O‘zbek tarafi Qirg‘iz fuqarolari mulkiga yetkazilgan zarar uchun tovon puli to‘lagan, ammo qirg‘iz tarafi bundan to‘la rozi emasligi haqida xabarlar o‘rtaga chiqqandi.

Qirg‘iz rasmiysining aytishicha, hozirda tovon puli borasidagi barcha masalalar hal bo‘lgan.

"Moddiy zararni qoplash uchun o‘zbeklar bizga 56 ming dollar to‘lashdi. Faqat elektr uzatish liniyalari bo‘yicha muammolar yechilmay qolgan, lekin biz buni ham bugun hal qilamiz. Biz qo‘shnilarmiz, shu bois yonma-yon va hamkorlikda ishlashimiz kerak. Qo‘shni bu Xudodan deyishadi. Shunday ekan, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini kuchaytarishga qaratilgan tadbirlar kerak", dedi Botken viloyati hokimi o‘rinbosari Satijon Eratov.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.