BBC navigation

Gozy virusini ishlatganlikda ayblanayotgan rossiyalik 95 yilga qamalishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 24 январ 2013 - 10:51 GMT

Gozy virusi butun dunyodagi kompyuterlarga zarar yetkazgani aytiladi.

AQSh hukumati tomonidan "hozirgi kompyuter sistemasida eng xavfli" Gozy virusini yaratganlikda ayblangan rossiyalik haker o‘zining aybini tan olgan.

Rossiyalik 25 yoshli Nikita Kuzminning aybi mahkamada isbotlansa, unga Amerika qonunlariga binoan 95 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Nyu Yorkdagi Janubiy okrug prokuraturasi sayti xabariga ko‘ra, bu ishga yana ikki kishi aloqador ko‘rilmoqda, bular 27 yoshli latviyalik Denis Kalovskis va 28 yoshli ruminiyalik Mixay Paunesku degan shaxslardir.

Ular ishlab chiqqan virus yetkazgan zarar 50 million dollarni tashkil qilib, butun dunyodagi kompyuterlarni zararlagan. AQShning o‘zida 40 mingga yaqin kompyuterlar, jumladan ko‘pgina NASA elektron mashinalari ham ishdan chiqqani aytiladi.

Hakerlarning amali va programmasidan o‘n minglab odamlar zarar ko‘rgani ma‘lum bo‘lgan.

Amerika prokuraturasi keltirishicha, Gozy virusi yordamida , ayblanuvchilar bank ma‘lumotlariga kirish imkonini qo‘lga kiritganlar va nafaqat alohida foydalanuvchilar va yuridik shaxslarning hisoblaridagi pullarni, balki hukumat idoralaridan ham katta mablag‘ni o‘marganlar.

Bu ishga asosiy mas‘ul Nikita Kuzmin virus ustidagi ishlarini 2005 yilda hali Rossiyada yashab yurganida boshlagan.

Programmalashtiruvchi Kalovskis virusni amalga tadbiq qilish bilan shug‘ullangan, Paunesku esa uni keng miqyosda tarqatgan.

Rossiyalik Nikita Kuzmin ayni paytda Nyu Yorkdagi qamoqxonada saqlanmoqda. Amerika prokuraturasi uning yordamchilarini Latviya va Ruminiyadan ekstraditsiya qilinishi uchun harakatni boshlashgan.

Kuzminga nisbatan ilgari surilgan ayblovga ko‘ra, unga bir umrlik qamoq jazosi xavf solmoqda. Biroq Kuzmin tergov xodimlari bilan faol aloqa qilayotgani uchun bu muddatni biroz qisqartirish mumkinligi ham aytilmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.