BBC navigation

Qozog‘iston: o‘zbekistonlik 60 mehnat muhojiri vataniga qaytarilgan

Сўнгги янгиланиш 28 январ 2013 - 15:23 GMT

O‘zbekistondan chetga chiqib ishlayotganlarning ko‘pchiligi noqonuniy mehnat muhojirlari hisoblanadi.

Qizilo‘rda viloyati huquqni muhofaza qilish organlari Qozog‘istonda noqonuniy mehnat qilib kelgan 60 mehnat muhojirini O‘zbekistonga chiqarib yuborgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, "Elta" va "Oral dizayn stroyservis" korxonalari Shiyeli, Aralsk va Saksaulskdagi temir yo‘l vokzallarini ta‘mirlash ishlariga qozog‘istonlik ishchilarning o‘rniga noqonuniy mehnat muhojirlaridan foydalanib kelgan.

O‘zbekistonlik muhojirlar arzon ishchi kuchi hisoblangani uchun qozog‘istonlik ishbilarmonlar ularning mehnatiga murojaat qilishgan.

Qonunbuzarlar militsiya xodimlari tomonidan hibsga olinib, vataniga qaytarilgan.

Qozog‘istonda ishlash huquqiga ega bo‘lmagan kishilar mehnatidan foydalangan shaxslar esa jarimaga tortilgani xabar qilinadi.

Ayni paytda O‘zbekistonning millionlab fuqarolari ishsizlik tufayli tirikchilik ilinjida mamlakat tashqarisida mehnat qilishga majbur.

Mehnat muhojirlarining aksariyati Rossiya va Qozog‘istonda og‘ir ishlarda band bo‘lib qolmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.