BBC navigation

Ukraina: 2 million musulmonning hayoti qanday kechmoqda?

Сўнгги янгиланиш 29 январ 2013 - 15:06 GMT
  • Ayrim xabarlarga qaralsa, 988 yilda Kiyev shahzodasi Volodimir Islom dini o‘rniga "sharqona" nasroniylikni davlat dini, deb e‘lon qilgan. Ukraina Bosh muftiysi, shayx Ahmad Tamimning aytishicha, rasmiy ma‘lumotlar imkonsiz ekaniga qaramay, bugun Ukrainada kamida 2 million nafar musulmon yashaydi.
  • O‘tgan asrlar davomida Ukrainada ham Islom diniga bo‘lgan munosabat o‘zgarishlarga yuz tutgan. Oltin O‘rda hukmronligi bilan uyg‘unlikda ko‘riluvchi "istilochilar dini"dan bor rasm-rusmlari bilan ado etiluvchi sof e‘tiqod diniga aylangan.
  • Iosif Stalin boshqaruvi davrida Ukrainadagi musulmonlar ham keskin ta‘qibu tazyiqlarga uchrashdi. Olmon qo‘shinlari Qrimdan chiqarib yuborilar ekan, u yerda yashayotgan tatarlar ular bilan hamtovoqlikda ayblanib, ikki yuz mingga yaqin odam Sibirь va Markaziy Osiyoga yuadarg‘a etilishdi.
  • Bir vaqtlar tatarlarga tegishli bo‘lgan yerlardan Rossiya, Ukraina va sobiq Sho‘rolar Ittifoqining boshqa davlatlaridan bo‘lgan insonlar boshpana topishdi. Ammo, 1991 yilda Ukraina o‘z mustaqilligini e‘lon qilishi ortidan, ko‘plab tatarlar o‘zlarining ona Vatanlariga qaytishdi.
  • Ammo sobiq Sho‘rolar Ittifoqidan qolgan meros Ukrainada ham turli muammolarni yuzaga keltirmay qolmadi. Ukraina mustaqil davlat sifatida o‘zini oyoqqa qo‘yib olishga urinarkan, aynan yer ustidan turli janjallar kelib chiqdi.
  • Bugunga kelib esa, Ukrainadagi musulmon jamoalarining soni 300 ga yetgan.
  • Qrimda azal-azaldan katta sondagi musulmonlar istiqomat qilib kelishgan. Ukrainaning ikki yirik shahri - Kiyev va Donetskda Islomiy Markazlar ham faoliyat yuritadi. Musulmonlarga mo‘ljallab, bir qancha islomiy gazetalar ham chop etiladi.
  • Namoyish etilgan ko‘rgazma esa, tashrif buyurganlarga Kiyevda qurilgan (1996-2012) ilk masjid bilan bilvosita tanishish imkoniyatini ham beradi.
  • Globalizatsiya jarayoni boshqalari qatori musulmon guruhlari va jamoalariga ham ta‘sir etmay olmagan. Ukrainadagi musulmonlar ham jahondagi so‘nggi yangiliklarga jadallik bilan moslashib borishmoqda.
  • Ammo tashkil etgan ko‘rgazma va boshqa tashabbuslari bilan musulmonlar o‘z urf-odatlari va an‘analarini ko‘z qorachiqlaridek asrashlarini ham ko‘rsatib qo‘yishgan.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.