BBC navigation

Olma ota shahri yaqinida yo‘lovchi uchog‘i halokatga uchragan

Сўнгги янгиланиш 29 январ 2013 - 13:15 GMT

Mahalliy "Skat" aviashirkatiga tegishli bo‘lgan Bombardier Canadair Regional Jet - Challenger 200 bizness klassdagi uchog‘ida 20 kishi atrofida odam bo‘lgani aytilmoqda.

Olingan ilk ma‘lumotlarga ko‘ra uchoq ichidagi barcha yo‘lovchi va ekipaj a‘zolari halok bo‘lgan.

Halokat Olma ota shahriga kiraverishdagi Qizil tu poselkasi yaqinida, Quljin avtotrassasi yonida sodir bo‘lgan.

Ko‘kchatauvdan Olma otaga uchib kelayotgan uchoq mahalliy vaqt bilan soat 12:50 da Olma ota aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan.

Soat 14:00 tezkor harakatlanish xizmatiga guvohlar qo‘ng‘iroq qilib uchoq qulab tushgani haqida xabar bergan.

Voqea joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Favqulotda holat joyiga prokuratura, qutqaruv xizmati va milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari yetib kelishgan.

Qozog‘istonda bundan bir oy muqaddam 25 dekabr kuni Chimkent yaqinida harbiy AN-72 uchog‘i halokatga uchragandi.

Uchoq bortida bo‘lgan 27 kishining hammasi halok bo‘lgan.

O‘lganlarning orasida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati rahbari Turganbek Stambekov ham bor edi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.