BBC navigation

Mali: noyob tarixiy qo‘lyozmalar taqdiri noma‘lum

Сўнгги янгиланиш 30 январ 2013 - 12:56 GMT

Timbuktudagi qo‘lyozmalar asrlar osha hujumlardan saqlab kelingan.

Frantsiya qo‘shinlari Malida islomiy jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlarini davom ettirib, tun osha mamlakat shimolidagi Kidal shahriga kirib borganlar. Avvalroq qo‘shinlar jangarilarni poytaxt Timbuktudan siqib chiqarishgandi.

Jangarilar Timbuktuni tark etishi ortidan, poytaxtdagi Ahmad Bobo Institutining taqdiri xalqaro havotirlarga sabab bo‘lgan. Institut kutubxonasi aksari arab tilida bo‘lgan minglab tarixiy qo‘lyozmalarga ega.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra islomiy jangarilar bu hujjatlarni vayron qilgan va kutubxonaga shikast yetkazgan.

Asrlar osha ovro‘poliklar Sahroi kabir chetidagi Timbuktu shahrini jahondagi eng sirli va qo‘l yetmas joylardan biri deb ko‘rib kelishgan.

Bunga asosan Timbuktuning Afrika oltin savdosidagi roli sabab bo‘lgan. Bu shahar yiroqdagi beqiyos boylikka ega o‘lka deb tasavvur qilingan.

Ayni damda Timbuktu ilm-fan markazi ham edi. Undagi Sankoray Universiteti, marokashliklar 1590 yillarda egallab olguncha, Afrikadagi eng asosiy ta‘lim markazlaridan biri bo‘lgan.

Lekin, muhim qo‘lyozmalar shaharda va atrofdagi qishloqlarda saqlanib qolgan, va hatto g‘orlarga yo qum ostiga yashirilgan.

Bugunda Timbuktuda kamida 100 mingta tarixiy hujjatlar bor, ba‘zilar aslida bu son uch baravar ko‘p ekaniga ishonadilar. Bu qo‘lyozmalar ilmi nujum, musiqa, din va boshqa ilmiy mavzular haqida bo‘lib, aksar qismi har doim xususiy egalar qo‘lida bo‘lib kelgan.

Bugunda eng mashhur ommaviy kollektsiya Ahmad Bobo Institutida saqlanadi, ularning soni 30 ming atrofidadir. Hujjatlarning 95 foizi arab tilida.

1960 yillarda Janubiy Afrika dastagi bilan barpo etilgan institut 2009 yilda zamonaviyroq binoga ko‘chib o‘tgandi. Ammo, Timbuktuda boshqa muhim kollektsiyalar ham mavjud - ulardan biri Mamma Haydara Memorial Kutubxonasidir.

Timbuktuliklar asrlar osha bu minglab bebaho va nozik qo‘lyozmalarni insoniy mojarolar va hujumlardan saqlab kelishgan.

Endilikda islomiy jangarilar Timbuktuni tark etishar ekan, Ahmad Bobo Institutidagi noyob kollektsiyaga shikast yetkazilgani borasida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq qancha qo‘lyozma va qay darajada zarar yetkazilgani borasida ma‘lumot hozircha kam.

Kidal ishg‘oli

Ayni damda frantsuz qo‘shinlari Mali shimolidagi Kidal shahriga kirib borishgan, bu islomiy jangarilar qo‘lidan tortib olinishi rejalangan oxirgi yirik shahardir.

Frantsuz askarlari hozirda Kidal aeroportini nazorat qilishmoqda, tun osha u yerga bir necha uchoqlar va tikucharlar qo‘ngan.

Islomiy jangarilar allaqachon shaharni tark etishgani aytiladi. Frantsiya va Mali qo‘shinlari mamlakat shimoli bo‘ylab yurib, avvalroq Gao va Timbuktuni deyarli hech qanday qarshiliksiz qo‘lga kiritganlar.

Malining sobiq mustamlakachisi bo‘lgan Frantsiya bir oy avval islomiy jangarilar Mali janubiga tahdid solishi ortidan harbiy amaliyotlarni boshlagandi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.