BBC navigation

Xillari Klinton Moskva va Eronni tanqid qildi

Сўнгги янгиланиш 1 феврал 2013 - 12:41 GMT

Rossiya va Eronning Suriyaga ko‘magi vaziyatni izdan chiqarishi mumkinligini aytgan Klinton xonim Isroil hujumlari haqida gapirmagan.

AQSh Davlat kotibligi lavozimini tark etayotgan Xillari Klinton Eron Suriya hukumatiga harbiy va moliyaviy yordam berishni kuchaytirgani, Bashar al-Assad tuzumi Rossiyadan pul va harbiy vositalar olishda davom etayotganidan norozi bo‘lib gapirgan.

Biroq, o‘zining davlat kotibi sifatida berayotgan oxirgi intervьyusida Klinton xonim Isroilning Suriyaga nisbatan havo hujumiga to‘xtalmagan.

Klintonning fikricha, Moskva va Tehronning dastaklashi mojaroni Suriyadan tashqariga tarqalishi xavotirini kuchaytirmoqda.

Ayni paytda Isroilning havo hujumi borasida Suriya BMT ga norozilik notasini yuborgan va o‘zini himoya qilish huquqini saqlab qolishini aytgan.

O‘z navbatida Eron Suriyaga havo hujumi o‘ziga nisbatan hujum sifatida ko‘rilishini ta‘kidlab, bunga munosib javob qaytarilishini bildirdi.

Suriya hukumatiga ko‘ra, havo hujumi Damashqdan shimoli-g‘arbda joylashgan harbiy tadqiqot markazi nishonga olingan. Hujumda ikki kishi o‘lgan, besh kishi yaralangan.

AQSh va boshqa g‘arb davlatlarining bildirishicha, aviahujum Livanning "Hezbolloh" harakatiga "Buk" zenit raketalarini olib borayotgan avtokalonnaga yetkazilgan.

Isroilning o‘zi bu hodisani hali izohlamagan.

Rossiya va Eron Isroilning harakatlariga keskin baho berishdi.

Isroil aviahujumini muhokama qilishni xohlamagan Klinton xonim Eron uchun Bashar Assadni hukumatini saqlab qolish "asosiy maqsad" ekanligini urg‘ulagan.

"Biz Eron shu maqsadda Suriyaga yana ham katta yordamlarni Assadni quvvatlash va uning kuch ishlatar tizimlarini o‘qitishga yubormoqda", - deb ta‘kidlagan Klinton xonim.

"Bu mamlakatlarning burchi, deb ta‘kidlagan Xillari Klinton,- o‘zlarining tutgan mavqelarini qarab chiqishdir, aks holda Suriya ichidagi voqealar tashqariga tarqalishi ehtimoli mavjud", - deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Assadning qurol-yarog‘lari tugamoqda, Eron esa unga yuqori sifatli qurollarni yetkazishni boshladi".

Shu bilan birga Rossiya ham Suriyaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatayotganiga yetarli asoslar bor, deydi Klinton.

BMT hisobotiga ko‘ra, qariiyb ikki yil davomida 60 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

"Men ko‘p vaqtdan buyon Suriyadagi qonli voqealarga boshqa davlatlarni tortib ketishidan xavotirlarni aytib kelaman", - deb aytadi Klinton xonim.

Biroq Isroilning Suriyaga aviahujumidan keyin Oq Uy rasmiy Damashqni ogohlantirish bilan chiqqan.

"Suriya "Hezbolloh"ga qurol yetkazib berib, vaziyatni izdan chiqarishi mumkin emas", - deydi prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods.

G‘arbga xavotirlanishicha, Suriyaning kimyoviy quroli "Hezbolloh"ning qo‘liga tushishi mumkin.

Isroilni esa livanlik islomiylar zenit raketalariga ega bo‘lib o‘ziga xavf yetkazishini aytadi.

Isroilning havo hujumini Rossiya va Eron qoralab chiqqan bo‘lsa, G‘arb davlatlari bu haqda izoh berishmagan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.