BBC navigation

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash ro‘y bergan

Сўнгги янгиланиш 1 феврал 2013 - 12:51 GMT

26 yanvar kuni tonggi soat 4lardan o‘tib Qarshidagi Oston Tursunov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida portlash sodir bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, portlashga xonadonda kechasi yig‘ilib qolgan gaz sabab bo‘lgan.

Gaz ta‘minotidagi uzilishlar bois bundan oldin ham shaharda bir necha marta portlash hodisalari yuz bergan edi.

Aytilishicha, xonadon sohibasi choynakni gazga qo‘yib, esdan chiqargan bo‘lishi mumkin.Tongda chiroqni yoqqanda yig‘ilib yotgan gaz portlab ketgan.

Baxtli tasodif tufayli hech kimga zarar yetmagan. Xonadonda yosh bolalar ham bo‘lgan.

Shu uyda yashovchilarga ko‘ra, uyga yangi gaz quvurlari ulangan va ayni 17 yanvar kuni gaz bosimi ham biroz ko‘tarilgan.

Gaz ta‘minotidagi uzilib turishlar odamlarni xavfsizlik choralarini o‘ylashdan chalg‘itgan.

Portlash sodir bo‘lgan hududdagi uylarda ancha yillardan buyon gaz uzilishi sababli aholi qiynalib kelgan.

Shuningdek, shu atrofga qurilgan noqonuniy imoratlar yong‘in mashinasini kirishini qiyinlashtirgan.

Voqea sodir bo‘lgan uy yaqinida shahardagi 10-o‘rta maktab joylashgani, portlashdan maktab binosi zarar ko‘rmagani aytiladi.

Portlash oqibatida xonadondagi uy jihozlari yonib ketgan, qo‘shni xonadon derazalariga shikast yetkazgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.