BBC navigation

London Afg‘on-Pokiston muzokaralariga mezbonlik qilmoqda

Сўнгги янгиланиш 4 феврал 2013 - 13:53 GMT

Britaniya vositachiligidagi Afg‘on-Pokiston rahbarlari muzokaralari davrasi bundan oldin ham o‘tkazilgan.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Londonda Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay va Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriyning muzokaralarini tashkillashtirdi.

Tolibon harakatini Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralariga qanday qilib jalb qilish masalasi rahbarlar muzokarasidagi asosiy masaladir.

Shuningdek, uchrashuvda Afg‘oniston bilan Pokiston chegarasida xavfsizlikni yaxshilash, Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlar chiqib ketganidan keyin tinchlikni ta‘minlash masalalari muhokama etiladi.

Afg‘oniston hukumati o‘zlariga qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan Tolibon va boshqa guruhlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borish istagini bildirmoqda.

Britaniya Bosh vaziri idorasi 3 fevral kuni bayonot e‘lon qilgan.

"Uch taraflama jarayon Tolibonga juda aniq mujda yo‘llamoqda: hozir Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonlarga har bir kishining qo‘shilish fursati yetdi", deyiladi bayonotda.

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvda ilk bor ikki mamlakat josuslik xizmatlari rahbarlari ham ishtirok etishi xabar qilingan.

Janob Karzay va janob Zardoriy o‘rtada kelishilgan hamkorlik kelishuviga binoan birgalikda ishlashga rozi bo‘lganlar.

Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik hamon markaziy masala bo‘lib qolmoqda, deydi BBCning Jahon masalalari bo‘yicha muxbiri Mayk Vuldrij.

BBC bilan suhbatda Prezident Homid Karzay SSSR qo‘shinlari Afg‘onistonni tashlab ketgan paytidagidek xato takrorlanishini istamasligini aytgan.

1989 yilda Sho‘ro armiyasining Afg‘oniston olib chiqilishi mamlakatni fuqarolar urushiga yetaklagan edi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.