BBC navigation

Tojikiston Eronga qo‘shilmaydi

Сўнгги янгиланиш 7 феврал 2013 - 12:01 GMT

Eronlik siyosatchi Said Xarroziyning bayonoti Tojikistonda xush qarshilanmadi

"Eron siyosatchisi Said Xarroziyning bayonoti Tojikiston madaniy va siyosiy doiralarida norozilik uyg‘otmoqda".

Tojikiston tarafi o‘z taassuvini ana shunday javob bilan izhor etgan.

Prezidentlikka nomzod janob Xarroziy agar g‘olib chiqsam, Armaniston, Ozarbayjon va Tojikistonni Eron tarkibiga qaytarib olamiz, degan bayonot bilan chiqqan edi.

Rasmiy Dushanbe nazdida bu "fitnakorlik va jaholat bo‘lib, mintaqa hamda dunyodagi hozirgi vaziyatni tushunmagan va xalqaro huquq me‘yorlaridan bexabar odamning gapidir".

Tojikiston nazarida, yagona tarix, madaniy, til va milliy aloqalar, shaksiz, Eron bilan jips hamkorlik qilish uchun zamin yaratadi.

Biroq bu hamkorlik teng huquqlilik va ikkinchi tomonning ichki ishlariga aralashmaslik asosida amalga oshirilishi lozim.

"Taraflar bir-birlarining hududiy butunligi va davlat mustaqilligini tan olishlari darkor" - deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Tojikiston va Eron fors mamlakatlari bo‘lib, bu madaniy aloqalar tomonlarning yaqin munosabatlariga yo‘l ochgan.

Xususan, Tehron Tojikiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgandi. Ammo Eron aholisi aksaran shialar, Tojiklar esa sunniy.

Shunga qaramay, Tehronning Markaziy Osiyoda o‘z ta‘sirini kuchaytirishi yo‘lida forsiyzabon Tojikistonning tutajak ahamiyati katta.

Ayni damda, Tojik hukumati Erondagi Islom Jumhuriyatning Islomiy g‘oyalariga ehtiyotkorlik bilan yondashadi.

So‘nggi yillari Eron Islomiy bilim dargohlarida ta‘lim olayotgan o‘z talabalarini Tojikiston qaytarib olgandi.

Eron shia, Tojikiston esa sunniy mamlakat

"Biznikilar va boshqalar"

Eronda ayrim doiralar nafaqat forsiyzabon Tojikiston, balki qo‘shni Armaniston hamda Ozarbayjonni ham tarixiy Fors saltanati bir qismi sifatida ko‘rishadi.

Eron shimolida ko‘p millionli turkiy xalqlar, xususan, ozarbayjonlar istiqomat qilishadi.

Lekin Boku va Tehron munosabatlari aynan tarixiy va madaniy masalalarga kelganda ko‘pincha mos tushmaydi.

Bir necha yil oldin Bokuga kelgan Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi chog‘ida Kaspiy dengizi tarixi borasida bir necha muddat tortishib, o‘zaro qochirimlar bilan gap boshlashgandi.

Bir yil oldin UNESCO tor - Ozarbayjon musiqa asbobi, deb atarkan, bu qaror Eronda noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Qadim Eron yoki Fors saltanati tarixan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va janubiy Qofqoz bilan chambarchas bog‘liq.

Ayni tarixiy voqelik ushbu mamlakatlarni yaqinlashtirishi uchun kuchli asos bo‘la oladi. Biroq bu, aftidan, siyosatchilarga va ular yaqinlikni qanday tushunishlariga ham bog‘liq.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.