BBC navigation

"Britaniya tranzit yo‘li evaziga O‘zbekistonga harbiy jihozlarini sotadi"

Сўнгги янгиланиш 8 феврал 2013 - 15:23 GMT

Termiz-Hayraton temir yo‘li Afg‘onistondan ittifoqchi kuchlarni olib chiqishda asosiy tranzit o‘tish nuqtasiga aylanadi.

The Times ("Tayms") ro‘znomasining xabar berishicha, Afg‘onistondan minglab harbiy mashina va konteynerlarini olib chiqishiga izn bergani uchun Britaniya "O‘zbekistonning avtoritar rejimi"ga harbiy jihozlarni sotadi.

Afg‘oniston janubidagi Lashkargoh shahridan "Tayms" muxbiri Jeremi Kellining Britaniya Mudofaa vaziri Filip Hammondga iqtibosan yozishicha, Britaniya O‘zbekiston temir va avtombil yo‘llari orqali yirik miqdordagi harbiy jihozlarni kelgusi yil oxiriga olib chiqish haqida rasmiy Toshkent bilan bitimga erishgan.

Britaniya Mudofaa vaziri O‘zbekiston qanday qurol-aslahalar peshidan ekanini aytmagan, biroq istagan qurolini olishi ehtimoli katta ekaniga ishora qilgan.

"Tayms" yozishicha, qurol-aslahalarning bir qismi Afg‘oniston milliy armiyasi ixtiyoriga topshirilsa-da, xalqaro kuchlarning chiqib ketishidan eng ko‘p O‘zbekiston foyda ko‘radi.

Qo‘shma Shtatlar ham, Olmoniya ham Afg‘onistondan olib chiqiladigan harbiy jihozlarni O‘zbekistonga sotishni istashlari aytiladi, deb yozadi Jeremi Kelli.

Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bitimga muvofiq, Britaniya O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegaralarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan zirhli avtoulovlarni sotishi mumkin.

Britaniya harbiy mulozimlariga ko‘ra, 11 yillik urush davomida Afg‘onistonda 6,500 konteyner harbiy jihoz va 2,600 dona harbiy ulov jamlanib qolgan.

Harbiy qurol-aslahalarni Afg‘onistondan olib chiqish ishlariga 9 ming nafar bo‘lgan Britaniya harbiylarining oltidan biri jalb etiladi.

Britaniya Mudofaa vaziri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi lozim bo‘lgan harbiy jihozlar haqida mamlakat parlamentiga hisobot berilishini aytgan.

"Umumiy tamoyilimiz shundayki, biz ichki norozilikni bostirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan jihozlarni bermaymiz, ammo 2014 yildan keyin O‘zbekiston Afg‘oniston bilan mavjud uzun chegarasida aniq muammolarga ro‘baro‘ bo‘ladi," - deb aytgan Filip Hammond.

U ba‘zi qurol-aslahalarni Britaniyaga qaytarib olib ketishdan iqtisodiy jihatdan naf‘ yo‘qligini aytgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.