BBC navigation

Xitoy mulozimlarning dabdabali xayot tarziga qarshi kampaniya uyushtirmoqda

Сўнгги янгиланиш 8 феврал 2013 - 15:01 GMT

Shanxayda joylashgan mehmonxonalar sanoatining uyushmasi, tasavvuringizda, juda an‘anaviy tashkilotdek ko‘rinishi mumkin.

Uyushmaga shaxarning qudratli elitasiga xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan ellikdan ortiq besh yulduzli xashamatli otellar kiradi.

Tashkilot prezidenti Xung Tiyemin mehmonxonalarning biriga egalik qiladi va Xitoy Kommunistik partiyasining a‘zosi. Odatda sir boy berishdan bosh tortgan bu tadbirkor o‘zining xaddan tashqari pul sochayotgan qudratli mijozlarini tanqid ostiga oladi.

"Bu aql bovar qilmaydigan xolat", - deydi u, Shanxay elitasining ziyofat qilish odatlarini nazarda tutib.

"Banketlarda odatda 10dan ortiq taom tarqatiladi, xozirgi kunda bu normaga aylangan, lekin ba‘zilar bundan ortiq xattoki 15 yoda 20 taomlarni tayorlashni talab qilishadi".

"Bir joyda taomlarning haddan ko‘pligi tufayli ularni dasturxonda uch qavat qilib taxlab qo‘yishgan".

U nafaqat tanovul qilinayotgan taomlarning son-sanoqsizligini, balki ularning nozik va yuqori sifatini ham tanqid qiladi.

"Banketlarda akula go‘shtidan sho‘rva, "qush uyasi" degan taom, boshqa antiqa va qimmatbaho taomlar xalq mablag‘lari evaziga moliyalanadi".

Spirtli ichimliklarning narxi esa , gohida, tanovul etilayotgan ovqatlarning narxlaridan balandroq.

Hukumat rasmiylari oddiy fuqarolarning pullariga bo‘kkuncha yeb, ziyofat uyushtirishlari haqida bir necha oy muqaddam bu kabi mulozimdan eshitishni tasavvur qilib bo‘lmas edi.

Biroq Xitoyda yangi o‘zgarishlar kirib kelishi, xalq xizmatkorlari, deb atalgan shahar mulozimlarining haddan ortiq isrofgarchilikka berilishlarini tanqid qilish kommunistlar partiyasi saflarida siyosiy modaga aylangan.

Xitoy kompartiyasining yangi raxbari Tsi Jinnping bu harakatlarni boshlab bergan. O‘tgan noyabr oyida qudratga kelgan yangi raxbariyat taqiqlar ruyixatini oshkor qilgan.

Ziyofatlarga xalq mablag‘lari ishlatilmasligi, rasmiy darajada mulozimlar biri biriga sovg‘a taqdim etmasliklari va bayram kunlari rasmiylar davlat mashinalardan foydalanilmasliklari kerakligi qayd etilgan.

Taqiqlar o‘z o‘zidan chiqmagan. Xitoyda osmonga yetgan korruptsiya hamda mulozimlarning o‘z maqomini suiste‘mol qilish darajasi odamlarni shu darajada g‘azablantirganki, Xitoy kompartiyasi uni o‘ziga xavf sifatida ko‘rib, ochiqdan- ochiq tan olmoqda.

Lekin, albatta, o‘tmishda ham bunday tanqidlar yangragandi. Sobiq rahbar Xu Jintao va undan oldin Dzyang Dzemin ham partiyaga korruptsiya qanday xavf solayotgani borasida bir necha bor ogohlantirgandilar.

Lekin bu galgi kampaniyada Xitoyning qadimgi maqolini keltirib, "bo‘ron ortidan qattiq yomg‘ir yog‘ar ekan" deb aytish mumkin.

Agar joriy etilayotgan iqtisodiy chora tadbirlarni nazarda tutilsa, taqiqlar amalga oshayotganini ko‘rish mumkin.

Xung Tiyeminning menga aytishicha, "Men egalik qilayotgan hashamatli mehmonxonalarga bu bevosita ta‘sir qilmoqda. Yangi taqiq etilgan chora tadbirlar matbuotda nashr qilingan kunidayoq banket yoki ziyofat o‘tkazish buyurtmalari o‘ttiz foizga kamaygan".

Aktsiyalarning narxi tushishi

Va bu gal ham yuqori minbardan yangragan ogohlantiruv xitoblari quruq so‘z bo‘lmagani va odamlar ularni jiddiy qabul qilayotganlaridan belgilarni ko‘rish mumkin.

Armiya generallarining spirtli ichimliklarga to‘la ziyofatlarni o‘tkazishga quyilgan taqiq ba‘zi qimmatbaho alkogol ichimliklarning narxlari keskin tushib ketishiga olib kelgan.

Xitoy bo‘ylab gul sotish bozorlari ham katta ziyen ko‘rmoqda. Gulchilardan biri menga aytishicha , rasmiy marosimlarda gullar bilan bezatish taqiqlab qo‘yilgani bois ularning daromadi ellik foizga tushgan.

Bu esa yangi rahbariyat uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Korruptsiyaga qarshi kurash qanchalik shiddat bilan o‘tkazilib, mulozimlar tanqid qilinsa, shuncha ko‘p odamlar jamiyatda poraxo‘rlik qanday chuqur ildiz ortganidan tasavvurga ega bo‘lishadi. Va bu kompartiyani xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Xung janoblarining menga aytishicha, xashamatli mehmonxonalar sanoati xalq pullaridan moliyalangani va shu qadar keng yoyilgani - butun oldi- berdi bozoriga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan. Gap shundaki, besh yulduzli mexmonxonalar aynan mazkur mablag‘lar evaziga rejalashtirilib, qurilgan.

Ehtimol, bu kabi harakatlar yoyilib ketib, internet vositasida poraxurlikka botgan mulozimlar oshkor etilsa, raxbariyat bundan foyda ko‘rishi mumkin. Ya‘ni mazkur kampaniya haqiqiy isloxhtlarni nazarda tutmayapti, ular partiyaning omon qolishi uchun amalga oshirilmoqda.

Agar kimki shubhalansa, ular Tszi Jinpingning xukumat tepasiga kelganidan so‘ng qilgan ma‘ruzasidan yaqinda oshkor bo‘lgan izohlarni o‘qishi kerak.

Ko‘rinishicha, yangi rahbar Sovet Ittifoqi parchalanib ketgani borasida afsuslanib gapirib, G‘arb qadriyatlarini Xitoy hech qachon qabul qilmaydi, deb ogohlantirgan.

Yangi tuzulgan hukumatning kampaniyasi ortida yotgan sabablar qanday bo‘lishdan qat‘iy nazar, ko‘p odamlar bu harakatlar uzoq muddat davomida amal qiladi deya umid qilishadi.

Xitoy uchun kurruptsiya siyosiy va ijtimoiy xavf bo‘lib, iqtisodga ham ta‘sir qilmoqda.

"Yaqin kelajakda bu kampaniya daromadlarni tushirishi mumkin, deydi Xitoy uyushmasining raxbari, biroq uzoq kelajakda , mehmonxonalar o‘z biznesini boshqa yo‘lda shakllantirib, xalq puliga umid bog‘lamasliklariga majbur bo‘lishadi".

"Biz mahalliy xususiy bozorga o‘z xizmatlarimizni qanday ko‘rsatishni o‘zgartirishimiz kerak, va bundan tashqari chet el sayyohlar hamda mehmonlarni jalb etishimiz kerak, va biz buni uddalay olamiz degan umiddaman".

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.