BBC navigation

"Gazprom" asoschilaridan biri Rem Vyaxirev olamdan o‘tgan

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 18:38 GMT

Dunyodagi eng yirik gaz shirkati hisoblangan "Gazprom"ni tashkil etish boshida turgan va o‘n yil mobaynida shirkatni boshqargan Rem Vyaxirev 79 yoshida vafot etgan.

SSSR parchalanib ketganidan keyin sobiq ittifoqning Rossiya hududidagi asosiy gaz tizimi bir shirkat ostida jamlangan.

1992 yilda "Gazprom" aktsiyalari muomalaga chiqarilgan.

Rossiya bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, bugungi kunda Rossiya muxolifati yetakchilaridan Boris Nemtsov Rem Vyaxirev va Viktor Chernomirdin "Gazprom" asoschilari bo‘lganini yozadi.

Rem Vyaxirev 1992 yildan 2001 yilgacha "Gazprom"ni boshqardi.

2001 yil iyunidan 2002 yil iyunigacha "Gazprom" direktorlar kengashining raisi lavozimini egalladi.

Shundan keyin Rem Vyaxirev Rossiya prezidenti ma‘muriyati boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Dmitriy Medvedevning maslahatchisi bo‘lgan.

"Gazprom" Markaziy Osiyo mamlakatlari gazini Ovro‘poga olib chiqadigan quvurlar tizimiga ega yagona shirkat.

Yaqin-yaqingacha ham Turkman yoki O‘zbek gazi faqat "Gazprom"ga sotilar, so‘ng shirkat bu gazni ovro‘polik iste‘molchilarga yetkazib berardi.

Vldimir Putin Rossiya prezidenti etib ilk bor saylanganidan keyin Rossiyani "Gazprom"dan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanayotganlikda ayblovlar ilgari surildi.

Ukraina va Rossiya, Rossiya va Ovro‘po mamlakatlari o‘rtasidagi gaz ta‘minoti bilan bog‘liq mojarolarning markazida "Gazprom" bo‘ldi.

"Gazprom" gaz va boshqa uglevodorod mahsulotlarni qidirib topish, qazib olish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan jahonning eng yirik shirkatidir.

"Gazprom" rahbariyati Rem Vyaxirev vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta‘ziya izhor etgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.