BBC navigation

Rim Papasi Benedikt XVI o‘zining yaqinda iste‘fo berishini e‘lon qilgan

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 14:48 GMT

Rim Papasi Benedikt XVI o‘zining yaqinda iste‘fo berishini e‘lon qilgan.

Bu murojaatini Papa Vatikandagi uchrashuvida latinda bayon qilgan.

Vatikan vakili bu xabarni keyinroq Frans press agentligiga tasdiqlagan.

Italiyaning ANSA agentligi Vatikan matbuot kotibi so‘zlariga iqtibosan, papaning 28 fevralda vazifasidan ketishini bildirgan.

O‘tgan yilning oxiridan boshlab Benedikt XVI Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalangan va o‘zining murojaatlarini dunyoning sakkiz tilida bera boshlagan.

Biroq Twitter ijtimoiy tarmog‘ida bu haqda hali xabar berilmagan.

Oxirgi marta Rim Papasi bundan 600 yil oldin ixtiyoriy tarzda iste‘fo bergani, bu - 1415 yilda Grigoriy XII tomonidan bo‘lgani aytiladi.

O‘zining iste‘fo bayonotida Benedikt XVI " papalik uchun ortiq kuch-quvvati qolmagani" haqidagi xulosaga kelganini aytgan.

Uning aytishicha, hozirgi mas‘uliyatli davrda Rim Katolik cherkovini boshqarish aqliy va jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lishni talab qiladi.

Ammo papa oxirgi bir necha oy mobaynida ham aqliy va ham jismoniy jihatdan zaiflaganini aytmoqda.

Uning biron bir xastalikdan aziyat chekayotgani ma‘lum emas.

Ammo Benedikt 85 yoshda va saylangan paytidayoq Rim Katolik cherkovi tarixidagi eng keksa papalardan biri bo‘lgan.

Asli ismi Yozef Ratsinger bo‘lgan papa o‘n yillar davomida Rim Katolik cherkovining muhim institutlaridan bo‘lgan Inonch tushunchasi jamoatiga rahbarlik qilgan.

U homiladan saqlanish, hamjinsbozlik va ayol ruhoniylar singari masalalarda murosasiz bo‘lgan.

Bu esa u bilan Katolik cherkovi ichidagi liberal unsurlar orasida kelishmovchiliklarga olib kelgan.

U papalikka saylanganidan ko‘p o‘tmay, Rim Katolik cherkovi ruhoniylar yosh bolalarga jinsiy tegajog‘lik qilgani bilan bog‘liq yirik mojaro markazida qoldi.

Bu mojaro haligacha davom etadi.

Musulmon dunyosida Benedikt Muhammad Payg‘ambarni tanqid qilgan o‘n to‘rtinchi asrdagi nasroniy hukmdoridan iqtibos keltirgani bilan yodda qolsa kerak.

Papaning iste‘fosi juda katta yangilik. Va Faqatgina Papa dunyodagi 1 milliarddan ortiq katoliklarning ruhoniy rahbari bo‘lgani uchungina emas.

Bunday iste‘folar juda kam sodir bo‘ladi.

Oxirgi marta rima papasi XV asrda iste‘fo bergan edi.

Rim Papasi iste‘foga chiqarishi yoki vazifasidan chetlatilishi mumkin emas.

U faqat o‘z ixtiyori bilangina keta oladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.