BBC navigation

Barak Obama: Afg‘onistondagi urush 2014 yilda tugaydi

Сўнгги янгиланиш 13 феврал 2013 - 11:16 GMT

Prezident Barak Obama AQSh Kongressida qilgan chiqishida mamlakat ichki siyosati bilan birga tashki siyosat masalalari, jumladan Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqilishiga to‘xtalgan.

Janob Obama Afg‘onistondan joriy yilda 30 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar uylariga qaytishini va‘da qilgan.

Shu tariqa Afg‘onistondagi 66 ming Amerika qo‘shinlarining soni yarmiga kamayadi.

Janob Obama ayni paytda AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistonda xavfsizlikni ta‘minlashda mamlakat rahbariyatini quvvatlash mas‘uliyatini o‘z zimmasiga olishini bildirgan.

Barak Obama bu borada Prezident Homid Karzayni xabardor qilinganini aytgan.

2011 yilda Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishini e‘lon qilgan Oq Uy rahbariyati Afg‘onistonda 3-4 mingga yaqin harbiylarini saqlab qolinishi, shu bilan birga maslahatchilar safi kengayishini ma‘lum qilgan.

Kongressdagi chiqishida Barak Obama Amerikada o‘t ochuvchi qurollar ustidan nazoratni kuchaytirish va do‘konlarda sotiladigan qurollar turini qisqartirish taklifini ham bergan.

Obama chiqishidan bir kun oldin Shimoliy Koreya atom bombasi sinovini o‘tkazgan. "Bunday xavf uchun qanday jazo choralari ko‘rilishi butun dunyoga ko‘rsatilishi", shuningdek Eron bilan yadro loyihasi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirgan janob Obama Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada "murakkab va beqaror" vaziyat saqlanib qolayotganligini aytgan.

Obama AQShning terrorizmga qarshi kurashini shunday izohlagan: "Biz o‘g‘illarimizni xorijga jo‘natmasligimiz lozim. Biz terrorizmga qarshi mustaqil kurashayotgan mamlakatlarga ko‘mak ko‘rsatamiz. Ya‘ni, Yaman va Liviya kabi mamlakatlarga, shuningdek bizning ittifoqchilarimiz Malida kurashayotgani kabi yordamlarni berishimiz mumkin", - degan u.

Janob Obamaning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Qoida"ning oldingi xavfi ayni paytda yo‘q va AQSh keng miqyosda urush olib borishiga ehtiyoj qolmagan. Shu bilan birga Prezident Obama terrorizmga qarshi kurashda uning olib boradigan siyosati qat‘iy qonun doirasida va shaffof tarzda olib borilishini va‘da qilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.