BBC navigation

O‘zbekiston: yozuvchi Mamadali Mahmudovga qarshi yangi ish ochilgani aytilmoqda

Сўнгги янгиланиш 13 феврал 2013 - 14:41 GMT

Mamadali Mahmudov 14 yildan buyon qamoqda qolmoqda.

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 14 yildan buyon qamoqda qolayotgan 72 yoshli Mamadali Mahmudov shu kunlarda koloniyadan Toshkent turmasiga o‘tkazilgan.

1999 yil qamalgan Mamadali Mahmudovning jazo muddati 2013 yil 16 fevralda nihoyasiga yetishi kerak.

Biroq bundan oldinroq qamoqdagi keksa yozuvchiga nisbatan yangi ayblov tayyorlanayotganligi borasida xavotirlar oila a‘zolari va inson huquqlari faollari tomonidan bildirilgan edi.

Shu yilning 12 fevralida bu xavotir tasdiqlangan.

Yaqinlarining bildirishicha, bir necha oy mobaynida Mamadali Mahmudov bilan uchrashuvga imkon berilmagan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Mahmudov bilan uchrashgan qizi otasining sog‘ligi yomonligi, boshida katta jarohati borligini ko‘rgan, biroq Mamadali Mahmudov nima sodir bo‘lganini qo‘riqchilar oldida ayta olmagan.

11 fevral kuni Chirchiqdagi koloniyaga borgan o‘g‘li uzoq navbatda turib, olib borgan ovqat va dorilarini otasiga berolmagan, o‘zini ham ko‘rishga muvaffaq bo‘lmagan.

Ma‘lum bo‘lishicha, Mahmudovni Toshkent turmasiga olib ketishgan ekan.

12 fevralda Mahmudovning qizi Toshturmaga so‘roqlab borganida, otasiga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma‘lum qilingan.

Mamadali Mahmudovga bu safar qanday ayb qo‘yilayotganligi hozircha noma‘lum.

Mamadali Mahmudov mustaqillik yillarida muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi va uning rahbari Muhammad Solih bilan aloqalari uchun ikki marta qamoqqa tashlangan.

Oxirgi marta u 1999 yil portlashlarida aybdor, deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mamadali Mahmudov mahkamada o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va qiynoqqa solinganini aytgan.

Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari va ijodiy jamoatchilik Mamadali Mahmudovni ozod qilish talabi bilan ko‘p bor O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilishgan.

Yozuvchining oila a‘zolari hukumatning bu safargi amnistiyasidan umidvor bo‘lgan edilar.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.