BBC navigation

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri sil xastaligidan vafot etgan

Сўнгги янгиланиш 13 феврал 2013 - 15:28 GMT

Mehnat muhojiri hujjatlarini yo‘qotganligi uchun O‘zbekistonga qaytib ketolmagan.

Ostona shahrida sil xastaligidan 49 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojiri vafot etgan.

Bir necha yillardan beri Qozog‘istonda ishlab yurgan Anatoliy Sheraliyevning jasadi Ostona shahriga ko‘milgan. Mehnat muhojiri hujjatlarini yo‘qotganligi uchun O‘zbekistonga qaytib ketolmagan.

Andijon viloyati Xonobod tumanidan kelgan mehnat muhojiri Anatoliy Sheraliyev sil xastaligiga chalinish ortidan 2 fevral kuni jon bergan.

49 yoshli Anatoliy Sheraliyev bir necha yil oldin hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygan va vataniga qaytolmay Qolzog‘istonda qolib ketishga majbur bo‘ladi.

Sheraliyev chorasiz qolganidan so‘ng Ostonada birga qurilishda ishlagan qozog‘istonlikdan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi.

2013 yil yanvar oyining boshida u Ostona shahar temiryo‘lchilar shifoxonasiga yotqiziladi, unga sil tashxisi qo‘yiladi.

Ostonadagi Mehnat muhojirlariga ko‘mak ko‘rsatish markazi Sheraliyevni shifoxonaga yotqizishga va uning hujjatlarini to‘g‘rilashda yordam ko‘rsatishga kirishadi.

1 fevral kuni Anatoliy Sheraliyev Ostonadagi sil kasalliklariga qarshi dispanserga yotqiziladi. Biroq 2 fevral kuni u jon taslim qiladi.

Sheraliyevning yaqinlarini topish imkoni bo‘lmaganidan keyin uni Ostonadagi qabristonga ko‘mishadi. BBCga ma‘lum bo‘lishicha, Anatoliy Sheraliyevning ikki singlisi va bir o‘g‘li bo‘lgan, ammo ularning hammasi uzoq vaqtdan beri mehnat qilish uchun O‘zbekistondan Rossiyaga ketishgan.

Mehnat muhojirining telefonida bo‘lgan raqamlar bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.

Qozog‘istonda millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mehnat qilishi aytiladi. Noqonuniy ishlaydigan ushbu mehnat muhojirlari hujjatlarini ham yo‘qotib qo‘yish holari uchraydi.

Mutaxassislar O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi mehnat muhojiralariga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatmasligini aytadi. Elchixonaga migranlarga yordam ko‘rsatuvchi biror tashkilot qo‘ng‘iroq qilib, ushbu fuqaroga biror hujjat so‘ragan vaqtda elchixona xodimlari uchinchi shaxslar bilan ishlamasligini, fuqaroning o‘zi kelishi shartligini ta‘kidlashadi.
Biroq ushbu fuqarolarning o‘zlarini yuborishganda ham muammo yechilmaydi.

"Biz bungacha Olma ota shahridagi O‘zbekiston elchixonasiga ushbu davlatning fuqarolarini yuborganmiz. Ammo muammo hal bo‘lmadi, ularni hattok qabul ham qilishmagan. Ushbu fuqarolarga shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi oddiy hujjatlar kerak edi", - deydi ushbu ish bilan yaqindan shug‘ullangan ismini sir qolishini istagan mutaxassislardan biri.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.