BBC navigation

Bobur asos solgan buyuk saltanat markaziga safar - fotoreportaj

Сўнгги янгиланиш 14 феврал 2013 - 19:19 GMT
  • Men Agraning hamon saqlanib qolgan qadimiy tosh ko‘chalarini kezib, XVI-XIX asrlarda Boburiylar sulolasi hukmdorlari bunyod etgan tarixiy obidalar bilan tanishib, tub agralik hindu hamda musulmonlar suhbatida bo‘lib nechun Bobur aynan shu yerni saltanat qarorgohi etib tanladi ekan, degan savolga javob izladim.
  • Toshga jon ato qilib sharqona naqshlar bitayotgan ustalarning beg‘ubor nigohlaridan ularning ota-bobolari qaysi yurt farzandi ekan-a, deya o‘yga tolasiz.
  • Agrani Jamnasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu daryoning suvini hindular mo‘jizakor, karomatli deb biladilar va unda poklanish eng ulug‘ ibodatlaridan biridir.
  • Bu joylarning odamlari xushfe‘l, yuzida doim tabassum, urdudagi nutqida bizga hamohang so‘zlarni tez-tez eshitasiz.
  • Orombog‘dagi jasad qoldiqlari o‘g‘li Humoyun tomonidan Kobuldagi Bog‘i Bobur maqbarasiga qayta dafn etilgan bo‘lsada, negadir Orombog‘dagi bo‘m-bo‘sh qolgan qabr qarshisida Qur‘on tilovat qilgim keldi. Chunki vatandoshim isi singigan bu tuproq men uchun ham muqaddasdir.
  • Daryo bo‘yidagi oq marmardan qurilgan yetti mo‘jizaning biri Toj Mahal nafaqat Shohjahonning Mumtozmahalga bo‘lgan cheksiz sevgisi ramzi, balki insoniy sof tuyg‘uning abadiyligi hamda kuch-qudratiga qo‘yilgan haykaldir.
  • Agrani Toj Mahalsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.