BBC navigation

Xugo Chavesning jarrohlik amaliyotidan so‘ng birinchi surati bosildi

Сўнгги янгиланиш 15 феврал 2013 - 17:43 GMT

Surat muxolifatning hukumatni qilgan tanqidlariga javob sifatida bosilgan.

Venesuela hukumati Prezident Xugo Chavesning Kubada jarrohlik amaliyotini o‘tkazganidan so‘ng ikki oy ichida birinchi bor suratini e‘lon qilgan.

Suratda Venesuela Prezidenti kasalxonada qizlari davrasida jilmaygan holda Kubaning "Granma" gazetini o‘qiyotgani aks etgan.

Fotosurat hukumatni davlat rahbarining sog‘ligi to‘g‘risida haqiqiy xabarni yashirayotganlikda ayblagan muxolifatga javob sifatida taqdim etilgan.

Yanvar oyida Ispaniyaning El Pais ro‘znomasi go‘yoki Venesuela Prezidentining kasalxonada og‘zida trubka bilan yotgan suratini chop etgan.

Biroq keyinroq uning soxtaligi, surat YouTube saytiga bundan to‘rt yil oldin joylashtirilgan noma‘lum erkakning tomog‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti aks etgan videolavhadan olinganligi aniq bo‘lgach, ro‘znoma o‘quvchilaridan uzr so‘rab suratni web-saytidan olib tashlagan.

Venesuela hukumati bu suratni soxta va "bema‘ni" deb atagan edi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Chaves uchinchi marta prezidentlikkka saylangan. Biroq uning 10 yanvarga belgilangan innaguratsiyasi Chavesning sog‘ligi tufayli noma‘lum muddatga qoldirilgan edi.

Shundan so‘ng Venesuela hukumati Prezident Ugo Chavesning salomatligi inaguratsiya marosimida qasamyod qabul qilishga imkon bermasa ham u 10 yanvardan o‘zining olti yillik yangi prezidentlik muddatini boshlayverishi mumkin degan qaror bergan.

Fevral oyining boshida Venesuela Milliy assambleyasining raisi Diosdado Kabelo davlat telekanali orqali prezidentning ahvoli tobora yaxshilanayotganini bildirdi.

Oxirgi marta Xugo Chaves bundan sakkiz hafta muqaddam, navbatdagi jarrohlik amaliyoti oldidan omma oldida chiqish qilgan edi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.