BBC navigation

Venesuela Prezidenti Ugo Chaves Kubadan vataniga qaytib kelgan

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 17:17 GMT

Venesuelaliklar prezidentning qaytib kelganini xursandchilik bilan kutib olganlar.

Venesuela Prezidenti Ugo Chaves to‘rtinchi jarrohlik amaliyotidan so‘ng Kubadan vataniga qaytib kelgan.

Ugo Chaves o‘zining Twitterdagi blogida Kubaning sobiq va hozirgi rahbarlari Fidel va Raul Kastrolarga, shuningdek o‘z xalqiga ishonchi va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Ugo Chaves o‘z xabarida davolanishni vatanida davom ettirishini yozgan.

Venesuelani 14 yil davomida boshqarib kelgan Chaves 2012 yil oktyabrda yana olti yillik muddatga qayta saylangan .

Biroq 10 yanvarga belgilangan innaguratsiyasi kasalligi bois noma‘lum vaqtga qoldirilishi muxolifatning qattiq tanqidlariga sabab bo‘ldi.

Venesuela Oliy mahkamasi tanqidlardan so‘ng Ugo Chaves innaguratsiyasining cho‘zilishi qonuniy deb e‘lon qilishiga to‘g‘ri keldi.

58 yoshli Venesuela rahbari bir yarim yil ichidagi to‘rtinchi jarrohlik amaliyotini Kubada o‘tkazdirdi.

Oldinroq Ugo Chaves kasalxonada qizlari davrasida jilmaygan holda gazeta o‘qiyotgani aks etgan surati ommaga havola qilingandi.

Chaves Twitterdagi blogida "Biz yana Venesueladamiz. Sevimli xalqimga rahmat! Davolanish bu yerda davom etadi" deydi. Biroq o‘zining ahvoli va vazifasini hozir davom ettira olishi haqida kengroq ma‘lumot bermagan.

"G‘alabaga olg‘a! Biz yashaymiz va g‘alaba qozonamiz", - deb yozadi u.

Venesuela axborot vositalari mamlakatni vaqtincha boshqarib turgan vitse-prezident Nikolas Maduroga iqtibosan Ugo Chaves harbiy kasalxonaga ketganini bildirgan.

Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, Ugo Chaves bel qismiga yaqin joyda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.