BBC navigation

"MTVdan Makkagacha" kitobi muallifi, zehn va qalb sayohati sohibi Kristian Beykerga savol bering

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 15:13 GMT

Olmoniyaning Gamburg shahrida tug‘ilgan Kristian Beyker 24 yoshida g‘arblik har bir yoshning orzu-umidi bo‘lgan ishga ega edi.

U jahonga mashhur, yoshlar madaniyatining fenomeni - MTV musiqa kanalida boshlovchi edi.

Kundalik hayoti pop olami evrilishlari, yulduzlar, tanqidchilar, olamshumul shou va kontsertlar ichida o‘tardi.

MTVning yetakchi va eng ko‘zga ko‘ringan boshlovchilaridan biriga aylangan Kristian uchun shou-biznes sohasida ko‘rmagan va egallamagan "cho‘qqisi" deyarli qolmagandi.

"Lekin mening ichki ruhiy dunyoim uyg‘ona boshladi...Hayotimni, ishimni, insonlar bilan munosabatimni o‘zgacha ma‘no, yuksakroq maqsad va ruh bilan sug‘orish istagi paydo bo‘ldi", deb yozadi Kristian Beyker o‘zining websahifasida.

Bu izlanish Kristianni qayerga olib keldi deb o‘ylaysiz? Islom dini ostonasiga.

2009 yili uning "MTV dan Makkagacha" nomi ostida kitobi nemis tilida nashr etildi. 2012 yili ingliz tilidagi nashri kitobxonlarga taqdim etildi. Hozirda arab, indoneziya va malay tiliga tarjima etilmoqda.

BBC mehmoni Kristian Beykerning pop-rok olamidan musulmon dunyosiga sayohati tafsilotlari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.