BBC navigation

"Yoshlar" telekanali: Valentin kuni terrorizmga yetaklaydi

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 12:03 GMT

O‘zbekistonning "Yoshlar" telekanali Valentin kuni yo "Sevishganlar kuni"ni nishonlashni tanqid qilib maxsus ko‘rsatuv namoyish etgan.

Telekanal 14 fevralda "Valentin kuni"ni nishonlayetgan yoshlar jamiyatga xavf solayotgan yovuzlik ya‘ni terrorizm va diniy ektremizmga yo‘liqishlari mumkinligidan ogohlantirgan.

Efirga uzatilgan "Axloqsiz bayram" deb nomlangan ko‘rsatuvda bu bayram ma‘naviyat ildizlarini sug‘orib tashlashi, o‘zbek xalqining qadimiy qadriyatlari o‘rniga axloqsiz urf-odatlarni o‘rnatishi, shahvoniy pala-partish aloqalarga yetaklashi haqidagi ogohlar yangragan.

Ko‘rsatuvda 14 fevral kuni Ovro‘poda Valentin kuni yoki "Sevishganlar kuni" deb juda ham muhim kun deb ko‘rilishi aytiladi.

Bu kunni O‘zbek yoshlari ham muhim bayram kunidek ko‘rayotganlari va bu narsa yoshlar ongiga ham ta‘sir qilayotgani afsuslanarli hol, deb ta‘kidlanadi teleko‘rsatuvda.

Valentin kuni munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirlar O‘zbekistonda milliy ma‘naviyat, muqaddas qadriyatlarga zid ekani aytiladi.

Bu esa yoshlarning o‘z milliy qadriyatlaridan uzoqlashishlariga sabab bo‘lishi, yoshlar orasida jinsiy pala-partishlikni targ‘ib qilayotgani urg‘ulanadi.

Ko‘rsatuv ijodkorlari Valentin kunini yoshlarni shahv, buzuqlik yo‘liga yetaklaydigan kun, deydilar.

Respublika Ma‘naviyat va Ma‘rifat markazidan Olloyor Bobonov, bundan ko‘zlangan maqsad, bizning yoshlarimizni shahvoniy lazzatning qullariga aylantirish, deydi.

Buning oqibatida yoshlar konstruktiv g‘oyalar haqida, jamiyat taraqqiyoti haqida yangicha fikrlarni o‘ylamay qo‘yadilar, deydi mas‘ul.

Ko‘rsatuvda yoshlar bunday ommaviy tadbirlar ta‘siriga tushib qolganidan keyin fahsh va buzuqlik qullariga aylanishlari aytiladi.

Bunday yoshlarni esa boshqarish oson, ularni osonlik bilan bir kunda ko‘chalarga, xiyobonlarga olib chiqish mumkin, deyiladi.

Keyin bu yoshlar o‘z hukumatlarini ag‘darib tashlashadi, terrorchilik amallariga qo‘l urishadi, deyiladi.

Ko‘rsatuvda Valentin kunini targ‘ib qilayotganlar qudratli vositalardan foydalanayotganliklari aytiladi.

Misol uchun qizil atirgul muhabbat ramzi sifatida taqdim etilsa-da, qizil rang inson ongida zo‘ravonlik va hujumkorlik tuyg‘ularini qo‘zg‘aydigan xususiyatga ega, deyiladi "Yoshlar" telekanali namoyish etgan ko‘rsatuvda.

Valentin kunining boshqa ramzlari ham tanqid qilinadi.

Xususan, yurak surati ayollarning oyoq sonini eslatishi aytiladi.

Ko‘rsatuv ijodkorlari Valentin kunida kabutarlar ramzidan foydalanilishi borasida ham o‘z xavotirlarini bildiradilar.

Qadimgi Rimda fohishalarni kabutarlar deb atashgan, deyiladi ko‘rsatuvda.

Film yakunida "ko‘zimizni ochaylik, yoshlarimizni va o‘zimizni fahshni targ‘ib qiladigan, axloqqa zid bayramdan muhofaza qilaylik", degan chaqiriq yangraydi.

G‘arbda ham oxirgi yillarda Valentin kuni o‘z mahsulotini ko‘proq sotib daromad ko‘rishni istaydigan shirkatlarning quroliga aylanib borayotgani tanqid qilinmoqda.

Bu kun munosabati bilan qudratli targ‘ibot ishga solinayotgani sir emas.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.