BBC navigation

Qirg‘iziston: "yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlash o‘ta muhim"

Сўнгги янгиланиш 19 феврал 2013 - 14:58 GMT

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha boshqarmasining bildirishicha, har yili insonlar umriga zomin bo‘layotgan mingdan ortiq halokatlar qayd etiladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, Qirg‘iziston yo‘l halokatlarida insonlar o‘limi bo‘yicha nafaqat sobiq Sovet Ittifoqi va Ovroosiyoda, balki dunyoda ham oldingi o‘rinlarni egallaydi.

Hukumat rasmiylariga ko‘ra, o‘tgan yilning ilk olti oyida 2 mingga yaqin yo‘l halokatlari ro‘yxatga olingan.

Mazkur hodisalar oqibatida 330ga yaqin inson, jumladan, 40dan ortiq yosh bola nobud bo‘lgan.

Qirg‘izistondagi mazkur salbiy ko‘rsatkichlar bundan oldinga qaraganda 10 foiz o‘sish bo‘lganini anglatadi.

Poytaxt Bishkekda ham yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzish hollari keng uchraydi.

Bunga sabab haydovchilar, umuman, fuqarolarning beparvoliklari, qolaversa, shahar hokmiyati o‘z vazifasini yetarlicha ado eta olmayotgani, deya izohlanadi.

Yo‘l harakati qonun-qoidalarini buzgan haydovchilarni o‘z vaqtida javolash, tartib-intizomga rioya qilish muhitini yaratish va umuman, Qirg‘iziston yo‘llaridagi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun poytaxt Bishkek, Bishkek - O‘sh va Bishkek - Issiq-Ko‘l serqatnov yo‘llarida videokameralar o‘rnatishga qaror qilingan.

Ichki ishlar vazirligining shu tashabbusi parlament tarafidan ham e‘tirozsiz dastaklab chiqqan.

-Bu borada Oliy Kengash qarori loyihasini ham qabul qildik, deydi parlament vakillaridan biri.

Videokameralar o‘rnatilganidan so‘ng, tartibni buzgan avtomobillar egalariga jarima solish tadbiq etilishi aytilmoqda. Ammo, jarima to‘lash jarayonida poraxo‘rlik hollari ham ro‘y berishi ehtimolidan xavotir bildiriladi.

Oddiy odamlar esa, yo‘l harakatini tartibga olish uchun rulga o‘tiradigan har bir kishi maxsus maktab ko‘rishi va tayyorlov mashg‘ulotlarini o‘tashi muhimligini ta‘kidlashadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.