BBC navigation

Tojikistonda generalning o‘limi yuzasidan mahkama boshlandi

Сўнгги янгиланиш 19 феврал 2013 - 11:43 GMT

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Badaxshon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdullo Nazarov o‘tgan yilning 21 iyul kuni pichoqlab ketilgan

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyati markazi Xoro‘g‘ shahrida general-mayor Abdullo Nazarov o‘limi yuzasidan mahkama jarayoni boshlangan.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Badaxshon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdullo Nazarov o‘tgan yilning 21 iyul kuni pichoqlab o‘ldirilgandi.

Mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tayotgani xabar qilinadi. Badaxshon yashovchilari Oqil Ayombekov va Hamza Muratovlarga qotillik va qotillikda ishtirok etish ayblovlari qo‘yilgan.

Advokat Fayzi Oliga ko‘ra, asosiy gumondor - Pomirdagi 4 sobiq dala qo‘mondondan birining inisi Oqil Ayombekov o‘tgan yoz hukumat kuchlari tarafidan amalga oshirilgan reydlar chog‘i yaralangan va hozir qo‘ltiqtayoqda yuradi.

Rasmiylar qotillikda "Ishkashim" chegara bo‘linmasi rahbari va Tojik muxolifatining sobiq dala qo‘mondoni Tolibek Ayombekov boshchiligidagi noqonuniy qurolli guruhni ayblab chiqishgandi.

Hodisa ortidan esa, Tojikiston Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi generalning o‘limiga aloqador shaxslarni ushlash uchunligini aytib, Tog‘li Badaxshon viloyati markazi Xoro‘g‘ shahrida yirik harbiy amaliyotni yo‘lga qo‘ygandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.