BBC navigation

Xitoy AQSh shirkatining kiber hujumlariga oid ayblovlarini rad etdi

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 14:41 GMT

Shanxayda joylashgan ko‘p qavatli binoda Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi bo‘linmasi joylashgan

Xitoy Mudofaa Vazirligi o‘z harbiy bo‘limlaridan birini Amerika inshootlariga kiber hujumlarini amalga oshirishda ayblovchi hisobotda xatolar borligini aytgan.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, AQShning Mandiant shirkati hisobotida Xitoydagi harbiy bo‘linma AQSh kompyuter tarmoqlariga buzib kirishga uringaniga dalil-isbot yo‘q.

Mandiat hisobotida, jumladan, aytilishicha, Shanxayda joylashgan ko‘p qavatli binoda Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi bo‘linmasi joylashgan va mazkur bo‘linma ko‘p yillarki, AQShning turli kompyuter tarmoqlariga kirishga urinib keladi.

Xitoy Mudofaa Vazirligiga ko‘ra, ko‘plab kiber hujumlar o‘g‘irlangan internet-adreslar yordamida amalga oshiriladi.

Uning bayonotida aytilishicha, kiber hujum aniq ifodalanmagan va hujumchi kimligini faqat internet-adresiga qarab aniqlash juda qiyin.

Undan tashqari, Xitoy bayonotiga binoan, kundalik ravishda internetda ma‘lumot yig‘ishni josuslik sifatida ta‘riflash noto‘g‘ridir.

Mandiantning 60 betlik hisobotida aytilishicha, tergov 2004 yildan beri yuzlab buzg‘unchilik hollari qayd qilingan hamda bu hujumlar asosan Xitoydan amalga oshiriladi va Xitoy hukumati ulardan xabardor.

Hujumchilarning eng faollaridan biri deya Xitoyning ART1 bo‘limi aytilgan va u hukumatning bevosita ko‘magiga ega ekani da‘vo qilingan.

Hisobot mualliflari bu bo‘lim Shanxayning Pudun mavzesidagi 12 qavatli binoda joylashganini aniqlashgan. Ayni binoda Xitoy armiyasining №61398 harbiy bo‘linmasi joylashgan.

AQSh Prezidenti voizi Jey Karni Mandiant hisobotidan Oq Uy xabardor ekanini bildirdi.

"Biz bir necha bor kiper-josuslik masalasini Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlarimizda ko‘targanmiz. Bu kabi faoliyat nafaqat bizning milliy xavfsizligimiz, balki iqtisodiy manfaatlarimizga tahdiddir, shuning uchun ham o‘z xavotirlarimizni izhor qilayapmiz", - dedi Karni xonim.

O‘tgan yanvar oyida Nyu York Tayms gazetasi Xitoy Bosh Vaziri Ven Tszyabao sog‘ligi haqida maqola chop qilgach, begona shaxslar gazetaning internet saytiga to‘rt oy davomida hujum qilganlarini bildirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.