BBC navigation

Pistorius ishini tekshirayotgan izquvar mahkamaga yuz tutishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 21 феврал 2013 - 11:18 GMT

Izquvar Xilton Bot Pistorius ishini o‘rganishda davom etishi hali noma‘lum.

Janubiy Afrikalik izquvar, sportchi Oskar Pistoriusning ishini tekshirayotgan Xilton Botning o‘zi qotillikda ayblanmoqda, deb tasdiqlaydi politsiya.

Taxmin qilinishicha, Xilton Bot ikki yil oldin mast holatda qurol ishlatishga aloqador bo‘lishi mumkin.

Politsiya vakilining aytishicha, Bot va ikki ofitser may oyida mahkamaga yuz tutishi kerak.

Bu uchala shaxs davlat mashinasida mast holatda keta turib, yo‘lovchilar bilan to‘la mikroavtobusga qarata o‘t ochishgan.

2011 yilda bu hodisa ortidan qisqa muddatga qamalgan Bot va uning sheriklari ishi yopiladi. Chorshanba kuni bu ishga yana qayta murojaat qilingani sababi ochiqlanmagan.

Shuningdek, Xilton Bot Pistorius sodir qilgan qotillikni tekshirishda davom etadimi yoki yo‘qligi ham aytilmayapti.

Seshanba kungi mahkama jarayonida janob Bot Pistoriusga qarshi yangi dalillarni oshkor qilgan. Uning aytishicha, qotillik sahnasiga birinchi bo‘lib yetib kelganida bir guvoh sportchining uyidan qichqiriqlar va o‘q ovozlari eshitilganini aytganini bildirgan edi.

Janob Botga ko‘ra, uy qidirilganda Pistoriusning xorijiy bank raqamlari yozilgan memori stik topilgan va bu politsiyada sportchi qochishi mumkin degan gumonni uyg‘otgan.

Izquvar Bot Pistorius ruxsatsiz o‘q-dorilarga ega bo‘lish aybiga ham yuz tutishini aytgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.