BBC navigation

Tataristonda yosh bolalarni qattiq qo‘riqlash yo‘lga qo‘yildi

Сўнгги янгиланиш 22 феврал 2013 - 12:23 GMT

Ruhshunoslar va ota-onalar bolalar bilan doimiy ish olib borishlari uqtirilgan.

Oxirgi oyda Tataristonda yuz bergan ikki yosh bolani jinsiy zo‘rlab ketish hodisasidan so‘ng ko‘chalarga "ota-onalar patruli" chiqarishga qaror qilingan.

Kattalar bolalarni maktabga kuzatib va olib qaytishda yonlarida bo‘lishadi.

Shu bilan birga bolalarni maktabdan faqat ularning ota-onalari olishlari mumkin. Bunday qaror Tatariston hukumati tomonidan ham quvvatlangan.

19 fevralda Yelabuge tumanida jinsiy zo‘rlab kaltaklangan sakkiz yoshli qizcha topilgan. Undan oldinroq qo‘shni Naberejnye Chelny shahrida ikkinchi sinf o‘quvchisi Vasilisa Galitsina zo‘rlab o‘ldirib ketilgan edi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov maktab va bog‘chalarda politsiya ishtirokida ota-onalar yig‘ilishlari o‘tkazishni topshirgan.

Mahalliy hukumatlarga har bir yosh bolaga qarindoshlaridan yoki ko‘ngillilardan bir kishini birkitib qo‘yish aytilgan.

Ayni paytda Tataristondagi barcha maktablarda o‘qituvchilar uquvchilariga ko‘chada begona odam bilan uchraganda qanday muomala qilish va favqulodda holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha tushuntirish soatlari o‘tmoqdalar. "Ota-onalar va psixologlar tushuntirishisiz bola jinoyatchining osongina qurboniga aylanishi mumkin. Biz bolalar bilan doimiy ishlashimiz lozim", - deb aytgan faollardan biri.

Tataristonda maktab o‘quvchisining zo‘rlab ketilgani odamlarni larzaga solgan. Naberejnye Chelnylik Vasilisa ismli qizchani topishga uch mingdan ortiq ko‘ngillilar qatnashishgan.

Butun Tataristonni oyoqqa turg‘izgan Naberejnye Chelny shahrida sakkiz yashar qizaloq qotilligida O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaro ayblanmoqda.

Tatariston huquq-tartibot organlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik qizchani o‘ldirganini bo‘yniga olgan va uning jasadini tashlab ketgan joyini ko‘rsatgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.