BBC navigation

Oskar 2013: g‘oliblar va marosim

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 17:17 GMT
  • Aktyor, rejissyor va prodyuser Ben Aflek 1979 yili Erondagi AQSh elchixonasini garvoga olish hodisasi haqidagi "Argo" filmi uchun "yilning eng yaxshi filmi" mukofotini oldi.
  • Aktrisa Jenifer Lourens "Silver Linings Playbook" filmidagi "eng yaxshi ayol roli uchun" mukofotini qabul qilib olish uchun borar ekan, qoqoilib tushdi...
  • Daniyel Dey-Lyuis Oskar tarixida uch marotaba mukofotni qo‘lga kiritgan dastlabki aktyor bo‘ldi. Unga bu galgi mukofot Stiven Spilbergning "Linkoln" filmidagi roli uchun berildi.
  • Britaniyalik xonanda Adel "Skyfall" filmida ijro etgan qo‘shig‘i uchun mukofotga loyiq topildi.
  • Aktrisa Enn Xeteuey "Xo‘rlanganlar" filmidagi roli uchun "ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldi.
  • Ang Li "Payning hayoti" filmi uchun "eng yaxshi rejissyor" mukofotini oldi. Anng Li uchun bu ikkinchi Oskar mukofoti. U 2005 yili "Bukritog‘" filmi uchun taqdirlangandi.
  • Kristofer Uoltts "Zanjirdan xalos etilgan Jango" filmidagi roli uchun "ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" mukofotini oldi.
  • Marosimda film va myuzikllardan qo‘shiq va raqslar taqdim etildi.
  • Kvetin Tarantino "Zanjirdan xalos etilgan Jango" filmining stsenariysi uchun mukofotlandi.
  • "Eng yaxshi film uchun" mukofoti sovrindorini Oq uydan turib Mishel Obama e‘lon qildi, mukofotni esa aktyor Jak Nikolson taqdim etdi.
  • Adel tahsinga sazovor ko‘rilgan qo‘shig‘ini aytar ekan sahnada baland poshna tufligini irg‘itib yubordi.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.