BBC navigation

"Argo" Operatsiyasi" filmi "Oskar" mukofotiga loyiq deb topildi

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 14:24 GMT

Eronda garovga olingan amerikaliklarning qanday ozod qilinishi haqida hikoya qiluvchi "Argo" Operatsiyasi" siyosiy trilleri Amerika kinoakademiyasining "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritdi.

"Argo"Operatsiyasi" filmi hayotiy voqealarga asoslanib, olti amerikalikning Tehrondagi 1979 yil inqilobi davrida garovdan qanday ozod etilishini ko‘rsatadi.

Tanqidchilar o‘zining 85-yubileyini o‘tkazadigan "Oskar" ni keyingi yillar orasida eng kutilmagan bo‘lishidan bashorat etishgan edi.

Asosiy raqobat "Argo" va "Linkoln" filmlari o‘rtasida kechgan.

"Eng yaxshi film" nominatsiyasiga shuningdek "Pining hayoti", "Yovvoyi janubning vahshiylari","Sevgi", "Birinchi raqamli maqsad", "Bechoralar","Qutqarilgan Jango", "Mening yigitim- telba" kabi filmlar ham nomzod bo‘lgan.

"Linkoln" avtobiografik filmi rosa 12 nominatsiyaga nomzodlikka qo‘yilgan edi.

"Linkoln" filmidagi roli uchun eng yaxshi aktyor sharafiga muvaffaq bo‘lgan Deniyel Dey Lyuis shu tariqa "Oskar"ni uch marta olgan aktyorga aylangan.

"Eng yaxshi aktrisa" deb "Mening yigitim- telba" filmining qahramonini yaratgan Djennifer Lorens tan olingan.

Bu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni Usama bin Lodinni qo‘lga olish voqealariga asoslangan "Birinchi raqamli maqsad" filmida Razvedka Boshqarmasining agentini o‘ynagan

Jessika Chesteyn qo‘lga kiritadi, deb ishonilgan edi. CNN ga bergan intervyusida aktrisa "bugun o‘zining kuni emas"ligini aytgan.

Kventin Tarantinoning "Qutqarilgan Jango " filmida suratga tushgan avstriyalik aktyor Kristof Valts yaratgan obraz ikkinchi plandagi eng yaxshi rol deb topilgan.

Bu safargi "Oskar" mukofotlari ilgari ham g‘alaba nash‘asini totganlarga nasib etdi.

Enn Xeteuey "Bechoralar" myuziklidagi roli uchun ikkinchi plandagi aktrisa haykalchasini olgan.

Eng yaxshi xorij filmi mukofoti avstriyalik Mixael Xanekening "Sevgi" filmiga berilgan.

Afg‘onistonda ishlangan qisqa mitrajli "Uloqchi bolalar" filmi ham Oskar mukofotiga da‘vogarlik qilgan edi. "Uloqchi bolalar" filmi G‘arb va Afg‘oniston ijodkorlari tomonidan ishlangan.

Bu yilgi "Oskar"da Jeyms Bond haqidagi filmlarning suratga olinganiga yarim asr to‘lgani alohida ta‘kidlangan.

"Bond"ning oxirgi filmi dunyo bo‘ylab bir milliondan ortiq foyda ko‘rgan.

Britaniyalik qo‘shiqchi Adelning Jeyms Bond haqidagi oxirgi filmda yangragan Skyfall qo‘shig‘i eng yaxshi qo‘shiq nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

2011 yilda frantsuz rejissyori Mishelya Xazanavichusning oq-qora tasvirdagi ovozsiz "Artist" filmi oxirgi 83 yil ichida g‘olib bo‘lgan ovozsiz kino bo‘lgandi.

"Oskar" egalari Amerika kinosan‘ati akademisining olti mingga yaqin a‘zolarining ovoz berishi orqali aniqlanadi.

"Oskar" mukofoti har yili 24 nominatsiya bo‘yicha taqdim etiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.